Rustam Azamov bilan Timur Vasilev “Andijon” yig'iniga qo'shiladi
12 jan 2016 11:00
Yangiliklar


Rustam Azamov bilan Timur Vasilev “Andijon” yig'iniga qo'shiladi
Muxlislarga “Lokomotiv” va “Navbahor”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan iqtidorli himoyachi Rustam Azamovga “burgutlar” taklif bilan chiqqan. 24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum dastlab “SHo'rtan” safidan o'rin olgandi. Ammo keyinchalik jiddiy jaroxatga yo'liqib, g'uzorliklar bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Undan tashqari andijonlik ishqibozlarga yaxshi malum bo'lgan Timur Vasilev ham yana jamoaga qaytayotganini aytish lozim. O'tgan mavsumning birinchi qismini “burgutlar” tarkibida o'tkazib, ammo keyinchalik “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'ta olmay, majburan jamoani tark etgan futbolchi uchun aftidan hammasi ortda qolgan ko'rinadi.
Malumot uchun Azamov bilan Vasilev o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini qo'shni Qirg'izistonda, O'shning “Oloy” jamoasida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar