So’nggi yangiliklar

11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  0 11:05Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади  1 10:40Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади  17 10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  97 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  4 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  6 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  3

Rustam Ashurmatov: "Terma jamoadan chaqiruvni anchadan buyon kutayotgan edim" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Terma jamoadan chaqiruvni anchadan buyon kutayotgan edim"

Janubiy Koreyaning "Gvangju" klubida faoliyat olib borayotgan Rustam Ashurmatov O'zbekiston terma jamoaning oktyabr oyidagi yig'iniga chaqirildi.

Koreya birinchi ligasida birinchi mavsumni muvaffaqiyatli tarzda o'tkazayotgan himoyachi bilan Toshkentga kelishidan avval suhbatlashdik.

- Uzoq tanaffusdan so'ng yana milliy terma jamoadan chaqiruv oldingiz. Bu xabarni eshitganda nimalarni his qildingiz?

- Milliy termaga chaqirilishimni to'g'risi anchadan beri kutayotgandim, sababi oxirgi payt terma jamoadan ancha uzoqlashib qolgandim. Bu chaqiruv men uchun oldinga qo'yilgan yangi qadam bo'ladi deb o'ylayman. Ichimdagi hissiyotlarni so'z bilan tariflash qiyin, lekin murabbiylarning etiboriga tushganimdan juda ham xursandman. Xudo xohlasa ularning ishonchni oqlashga harakat qilaman.

- Oldinda JCH-2022 saralashi doirasida Yaman va Singapur bilan o'yinlar kutib turibdi. Bu bahslardan nima kutayapsiz?

- Albatta jamoa faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi va g'alaba bo'lishi uchun ham murabbiylar shtabi o'zgartirildi deb o'ylayman. Meni o'yinlardan nima kutishim emas, nima qila olishim ko'proq qiziqtiradi. Terma jamoaga kim chaqirilsa ham bor kuchimiz bilan o'ynashimiz shart va bunga majburmiz. Sababi mamlakat bosh jamoasida o'ynash hammaga ham nasib etavermaydi.



- Vadim Abramov bosh murabbiy bo'lganiga qanday munosabatdasiz?

- Albatta ijobiy. Lekin murabbiy almashishi bu oddiy xol. Sababi natija bo'lmaganda albatta birinchi murabbiydan so'raladi. SHuning uchun Ektor Kuperning o'rniga Vadim Karlenovich tayinlandi deb hisoblayman. Jahon chempionatiga chiqish uchun murabbiylar ham, futbolchilar ham qo'limizdan kelgan ishni qilamiz, xato qilishga umuman haqqimiz yo'q. Xalqimiz uzoq yillardan beri Jahon chempionatini kutadi, 2022 yil Qatardagi mundialga yo'llanma olish uchun barchamiz harakat qilamiz.

- Siz o'ynayotgan "Gvangju" klubi Janubiy Koreya birinchi ligasida peshqadamlik qilmoqda. Oliy ligaga chiqish klub uchun qanchalik katta muvaffaqiyat bo'ladi?

- To'g'ri aytdingiz, jamoamiz hozirda chempionatda 1-o'rinda bormoqda. Niyatimiz K1-ligaga chiqish. Bu biz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Klub rahbariyati, murabbiylar va biz futbolchilar bir yoqadan bosh chiqargan holda ishlayapmiz. Jamoamiz juda ham ahil, nimadir bo'lib yuqori ligaga chiqa olmasak bu biz uchun haqiqiy fojiaga aylanadi.

- Koreyadagi o'ynayotganingizda deyarli bir yil bo'ldi. Bu mavsum siz uchun qanday o'tmoqda?

- Men uchun juda ham yaxshi o'tmoqda deb bemalol ayta olaman. CHunki klubimizning asosiy o'yinchilaridan biriga aylana oldim va g'alabalarga munosib hissa qo'shyapman. Nasib bo'lsa shu ruhda davom etishim kerak.



- Janubiy Koreyada sizga nima etishmayapti?

- Nimadir etishmayapti deb aytolmayman, lekin oilam yonimda bo'lganda yahshiroq bo'lardi. Onamni, akamni va singlimni juda ham sog'inayapman.

- Klubdagi futbolchilar bilan qanday tilda gaplashayapsiz?

- Jamoadoshlarim bilan ingliz tilida gaplashaman. To'g'ri koreyalik futbolchilar ingliz tilini uncha yaxshi bilishmaydi, lekin amallab til topishayapmiz, shu qatorda o'zim ham ham koreys tilidan bazi so'zlani o'rganib olganman. Faoliyatimni yuqori saviyada davom ettirish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilyapman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика