So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  5 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  18 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Rustam Ashurmatov: "O'zimizga o'zimiz yutqazmasak, bu guruhda hech kim bizni mag'lub eta olmaydi" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "O'zimizga o'zimiz yutqazmasak, bu guruhda hech kim bizni mag'lub eta olmaydi"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston (2:3) uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Futbolda ko'p narsa hissiyotlarga bog'liq, balki g'alaba qozonishni juda ham istab yuborayotgandaymiz. Umumiy olib qarasak, KXDRga qarshi kechgan o'yinga qaraganda bugun yaxshiroq o'ynadik. Bugun raqiblar bor-yo'g'i ikkita vaziyatga ega bo'lishdi, ammo shu vaziyatlardan gol ura olishdi. Qirg'iziston bundan ortiq vaziyatlarga ega bo'lmadi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Maydon maysasi ideal emasdi, ammo maydon holati yomon edi deb ham ayta olmayman. O'zimizga o'zimiz yutqazmasak, bu guruhda hech kim bizni mag'lub eta olmaydi. Kojo tezkor futbolchi ekanligini bilardik va shu sababli uni ikki kishi bo'lib qo'riqladik. Keyingi uchrashuvda yanada kuchliroq jamoa bo'la olishimizga ishonaman. O'yindan o'yinga kuchayib borishga majburmiz" - dedi Rustam Ashurmatov bugungi uchrashuv haqida




Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика