So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  6

Rustam Ashurmatov: "KXDR terma jamoasi haqida to'liq malumotga ega emasmiz" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "KXDR terma jamoasi haqida to'liq malumotga ega emasmiz"

"Rubin" klubi va milliy terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov terma jamoamiz yig'inida OAVga kichik intervyu berdi.

- Milliy terma jamoamiz navbatdagi yig'inni boshladi. Oldindagi yig'in haqida fikr bildirib o'tsangiz? Terma jamoada kayfiyat qanday?

- Kayfiyat alo. Jamoamiz bugun yig'ildi. Tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

- Oldindagi ikki uchrashuv haqida gapirib o'tsangiz? SHimoliy Koreya va Qirg'iziston terma jamoasi bizga raqiblik qiladi.

- Har doimgi javobni aytaman. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, shu sabab barcha raqibdan ustun bo'lishimiz kerak. Barcha raqiblarga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Ikki yil avvalgi intervyulardan birida 1,5-2 yilda terma jamoamiz eng optimal sport formasiga ega bo'ladi degandingiz. Terma jamoamiz o'zimizning eng kuchli versiyaga yaqinlashdimi?

- Hozir bir nima deyish qiyin. Barcha legionerlarimiz va Superligamizdagi futbolchilar o'z klublarida yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Dastlabki uchrashuvdan so'ng savolingizga to'liq javob bera olsak kerak.

- Dastlabki raqibimiz KXDR haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- SHimoliy Koreya jamoasi haqida to'liq malumotga ega emasmiz. Endi mashg'ulotlarni boshlaymiz va malumotlarga ega bo'lamiz. Hozircha ular haqida ko'p narsani bilmaymiz.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика