So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rustam Abdullaev: “Neftchi”ga yanada yuqori saviyali futbolchilar kerak” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Neftchi”ga yanada yuqori saviyali futbolchilar kerak”

Xabaringiz bor, yaqinda Farg'onaning “Neftchi” jamoasi murabbiylar shtabi yana bir tajribali mutaxassis bilan boyidi.

Futbol muxlislariga “Qo'qon-1912” klubining bosh murabbiyi sifatida yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis ayni paytda “Neftchi”da o'z faoliyatini boshladi. Gap aynan Rustam Abdullaev haqida ketayotgan ekanligini anglab turgan bo'lsangiz kerak. Kuni kecha Abdullaev “Neftchi” matbuot xizmati vakillari bilan suhbat qurdi va jamoadagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Neftchi” jamoasi menga begona emas. O'z vaqtida ushbu jamoa sharafini himoya qilganman. Ana endi bu klubda murabbiy sifatida ishlash imkoniyati menda paydo bo'ldi, - deb gap boshladi Abdullaev – “Neftchi” jamoasida yaxshi niyatlar bilan ish boshladim. Qo'limdan kelgancha, faoliyatim davomida yiqqan tajribalarimni ishga solib jamoa ravnaqi yo'lida mehnat qilaman. Agar jamoaga foyda keltirsam bundan faqat xursand bo'laman. Andrey Fyodorov mening do'stim. 14 yoshimdan buyon Andrey bilan tanishmiz. Klubda va terma jamoada birga to'p tepganmiz. Juda ham yaxshi mutaxassis. Endi Fyodorov bilan bir bo'lib  “Neftchi”ning muvaffaqiyati yo'li mehnat qilamiz.

- Rustam aka, mana bevositada jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etyapsiz. Ilk taassurotlar qanday?
- Jamoaga kelganimga ko'p bo'lgani yo'q. Endi sekin-asta klub bilan tanishyapman. Mashg'ulotlarda futbolchilarni kuzatib shunga amin bo'lyapmanki, futbolchilarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori.  “Neftchi”da yaxshi futbolchilar jam bo'lishgan. Biroq so'nggi o'yinlarda ularga biroz omad etishmadi. Bu futbol. Unda hamma maydonga g'alaba qozonish uchun chiqadi. Faqat omadi kelgan jamoa bahs taqdirini o'z foydasiga hal etadi. Fyodorov Farg'onada ajoyib jamoa shakllantirmoqda. Unga biroz vaqt kerak va unga imkoniyat berish lozim. Biroq mening shaxsiy fikrimcha, jamoaga 2-3 nafar yuqori saviyali, tajribali va texnikali futbolchilar zarur. 


- Malumot vaqt futboldan chetda bo'ldingiz. Sevimli sohadagi kichik tanaffusdan so'ng yana katta futbolga qaytish kishiga yanada yuqori sijoat berishi tabiiy. O'ylashimizcha, siz aynan mana shunday yuqori sijoat bilan klubda ish boshladingiz..?  
- Murabbiylik shunday sohaki, unda xar doim ham ishlaringiz alo bo'lmaydi. Qaysidir jamoada natija ko'rsatasiz, boshqa klubda esa yo'q. Mana siz mening qisqa tanaffusim haqida gapirdingiz. Bundan avvalgi tanaffus Qo'qon jamoasiga kelishimdan avval yuz bergandi. O'sha kezlari 2 yil futbol tashqarisidan yurdim. Qo'qon klubidan ketganimdan so'ng besh oylik tanaffusda bo'ldim va mana yana katta futbolga qaytdim. Murabbiylarning taqdirini xar doim rahbariyat hal qiladi. “Neftchi” rahbarlari meni jamoaga kerak deb hisoblab klubga taklif qilishdimi demak qo'ldan kelgancha jamoa ravnaqi yo'lida mehnat qilishga tayyorman. Ochig'i, “Neftchi”dan tushgan taklifdan xursandman.

- Muxlislarga tilaklaringiz?
- Muxlis ahli doimo o'z jamoasiga ishonishi kerak. Men “Neftchi” muxlislaridan jamoani hamisha qo'llab-quvvatlashlarini so'ragan bo'lardim. Faqat g'alaba qozonganda emas balki mag'lub bo'lganda ham olqishlar bilan kuzatib qo'yilsa futbolchilarga ishqibozlarning mana shu qo'llab-quvvatlashi qo'shimcha kuch bo'ladi. Stadionga qancha ko'p muxlis kelsa, “Neftchi” yanada kuchayaveradi. Qo'qondagi faoliyatimdan kelib chiqib fikr bildiradigan bo'lsam, “Qo'qon-1912” jamoasining katta kuchi muxlislarni tashkil qilardi. Jamoa muxlislarning qo'llab-quvvatlashi natijasida o'z uyida kuchli o'ynardi. “Neftchi” jamoasi muxlislari ham jamoani eng kamida mana shunday qo'llashlarini so'rayman, - deb fikrlarini yakunladi Rustam Abdullaev.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика