Rustam Abdullaev: "Futbolchilarimning o'yinidan qoniqdim, qo'qonlik muxlislarga esa katta rahmat"
24 may 2015 21:36
Yangiliklar


Rustam Abdullaev: "Futbolchilarimning o'yinidan qoniqdim, qo'qonlik muxlislarga esa katta rahmat"
"Barcha ko'rdi, bugun futbol o'ynaydigan xavo bo'ldi. Maydon ham ajoyib holatda. Yigitlarning o'yinidan qoniqdim. Muxlislarga ham, Qo'qondan kelgan fan-klubdagi muxlislarimizga ham rahmat. O'yinimiz yaxshi bo'ldi, biroq penalti vaqtida darvozabonga hech kim yordamga kelmadi. Raqibda ko'p imkoniyat bo'ldi", - deya so'z boshladi Rustam Abdullaev.
Birinchi bo'limda raqib bilan tengma-teng o'ynadingiz. Nima uchun ikkinchi taymda o'yinni raqibga topshirib qo'ydinglar?
To'p nazoratini barcha ko'rdi. To'psiz harakat qilish qiyin. Kuch ikki baravar ketadi. Ikkinchi bo'limda yigitlar hisob uchun o'ynadilar. Bu ruhiyatga ham bog'liq. Bundan tashqari tezkor futbolchilarimiz ham oldinda o'ynay olishmadi. Usmonov, Ro'ziev kabi futbolchilarni ham "Lokomotiv"dan ijaraga olganimiz sababli maydonga tushira olmasdik.

Fikrlar