Runi va Xart bir jamoada o'ynashi mumkin
19 apr 2020 15:41
Yangiliklar


Runi va Xart bir jamoada o'ynashi mumkin
"Bernli" posboni Jo Xart jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi.
"The Sun" xabariga ko'ra, 33 yoshli kiperning xizmatlariga "Derbi" hamda "Beshiktosh" klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Posbonning yozda "Bernli" bilan shartnomasi yakunlanadi va erkin agentga aylangan holda ushbu klublardan birining tarkibiga ko'chib o'tadi. Eslatib o'tamiz, "Derbi" tarkibida "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi harakat qilmoqda.
Xart ushbu mavsumda "Bernli" tarkibida 3 o'yinda 7 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar