Runi "Siti"ning 2012 yilgi chempionligi haqida: "O'tkazib yuborgan KPR birdan to'pni raqibga bermoqda, Sisse "shaharliklar" bilan g'alabani nishonlaydi. Savollar yuzaga kelmagani esa g'alati"
17 may 2022 16:26
Yangiliklar
Runi "Siti"ning 2012 yilgi chempionligi haqida: "O'tkazib yuborgan KPR birdan to'pni raqibga bermoqda, Sisse "shaharliklar" bilan g'alabani nishonlaydi. Savollar yuzaga kelmagani esa g'alati"
"SHaharliklar" 2011/12 yilgi mavsum so'nggi turida Serxio Aguero va Edin Jekoni ikkinchi bo'limda qo'shib berilgan vaqtdagi gollar evaziga "Kuinz Park Reynjers" (3:2)ni mag'lub etishgan edi. Roberto Manchini jamoasi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra "Manchester Yunayted"dan o'tib ketgan holda chempion bo'lgandi.
"Peddi Kenni ("Reynjers" darvozaboni) ikkita golli vaziyatda ham yaxshiroq o'ynashi kerak edi.
"Siti" ikkinchi golni urmoqda va KPR birdan ularga to'pni qaytarib beroqda. Bu borada hech kimning savol bermagani g'alati. Jibril Sisse esa umuman o'yindan keyin "shaharliklar" bilan birga g'alabani nishonladi.
Ammo, ha, agar siz o'sha paytda "Manchester Yunayted" o'yinchisi bo'lmagan bo'lsangiz, bu Premer-liga tarixidagi eng ajoyib o'yinlardan biri bo'lishi mumkin", - deydi manchesterliklar sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar