Runi: "Ronaldu - top futbolchi. Biroq bu er Ispaniya yoki Italiyadagidek oson emas"
09 sen 2021 01:09
Yangiliklar


Runi: "Ronaldu - top futbolchi. Biroq bu er Ispaniya yoki Italiyadagidek oson emas"
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytgani haqida gapirdi.
"Ronaldu bilan gaplashganim yo'q, shanba kungi o'yinga ham bora olmayman. SHu kuni ikki o'g'limning o'yinlari bor, tekin taksichilik vazifasini bajarishim kerak.
Albatta, "Manchester Yunayted"ni kuzatib boraman. Ular g'olib bo'lishlarini istayman. Klub Krishtianu Ronalduni qaytargani zo'r ish bo'ldi. Uning mentaliteti yosh futbolchilarniki kabi. Ajoyib transfer.
Krishtianuning o'zi ham bu erda unga Ispaniya yoki Italiyadagi kabi oson bo'lmasligini tushunib turibdi. APLda ilk navbatda jismoniy tayyorgarlik turibdi. Uning holatini inobatga olsak, ko'plab gollar urishini kutyapman.
Krishtianu jamoaga katta tasir o'tkazadi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri", - dedi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar