Runi "Di Si Yunayted" bosh murabbiyligidan ketdi
08 okt 2023 12:30
Yangiliklar
Runi "Di Si Yunayted" bosh murabbiyligidan ketdi
Ueyn Runi "Di Si Yunayted" bosh murabbiyligidan istefoga chiqdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 37 yoshli mutaxassis bilan ikki tomonning kelishuviga ko'ra, shartnoma bekor qilingan.
"Ueyn bilan gaplashdik va ayni damdagi eng to'g'ri qarorni chiqardik. Bu murabbiyga o'z falsafalarini yangilab olishiga sabab bo'lsa, bizning sport qarashlarimizga yangiliklar olib kiradi", - dedi "Di Si Yunayted" ijrochi direktori Jeyson Leven.
Eslatib o'tamiz, Runi 2022 yil yozida ushbu jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Ayni damda jamoa MLS SHarqiy konferenciyasida 34 o'yinda 40 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar