"Liverpul” "Yuventus" darvozabonini nishonga oldi

10 may 2026, 22:18
"Liverpul” "Yuventus" darvozaboni Mikele Di Gregorioga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur yozadi.

Qayd etilishicha, "qizillar" o'yinchidan "hayratda”. Shuningdek, Di Gregorioga "Tottenxem" va "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda. "Zag'izg'onlar" "Yuventus" bilan aloqa o'rnatgan.

Bu mavsumda Mikele Di Gregorio "Yuventus" safida 36 ta o'yin o'tkazdi. Ularda darvozabon 34 ta to'p o'tkazib yubordi va 17 ta "quruq" o'yinni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Ekremkonur