Rummenigge: "Xavi Martines "Bavariya"dan ketishni xohlamoqda"
12 avg 2020 11:17
Yangiliklar
Rummenigge: "Xavi Martines "Bavariya"dan ketishni xohlamoqda"
"Bavariya" boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge yarim himoyachi Xavi Martinesning klubini o'zgartirmoqchi ekanligini aytdi.
"Biz agar unga yaxshi taklif bo'ladigan bo'lsa, u klubdan ketishni xohlashini bilamiz.
Biz unga etiroz bildirmaymiz, sababi u doim yaxshi va ishonchli o'yinchi bo'lgan. Doim o'yinchiga mos keladigan echimni topishga harakat qilamiz", - deydi Rummenigge.
Oldinroq "Bavariya" rahbariyati yana bir ispaniyalik futbolchi Tiago Alkantaraning jamoadan ketishni xohlayotganini tasdiqlagandi.
O’xshash yangiliklar
10:51
Karlo Anchelotti Realda Kilian Mbappedan qaysi chiziqda o'ynashi haqidagi savolga javob berdi 5
Fikrlar