Rummenigge: "Xavi Martines "Bavariya"dan ketishni xohlamoqda"

Alisher
12 avg 2020, 11:17
"Bavariya" boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge yarim himoyachi Xavi Martinesning klubini o'zgartirmoqchi ekanligini aytdi.

"Biz agar unga yaxshi taklif bo'ladigan bo'lsa, u klubdan ketishni xohlashini bilamiz.

Biz unga etiroz bildirmaymiz, sababi u doim yaxshi va ishonchli o'yinchi bo'lgan. Doim o'yinchiga mos keladigan echimni topishga harakat qilamiz", - deydi Rummenigge.

Oldinroq "Bavariya" rahbariyati yana bir ispaniyalik futbolchi Tiago Alkantaraning jamoadan ketishni xohlayotganini tasdiqlagandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AZ