

Bu haqda “O Jogo” xabar berdi.
Nashrning takidlashicha, 24 sentyabr kuni Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Uels terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yin (1:0) 41 yoshli futbolchi uchun milliy terma libosidagi so'nggisi bo'ldi.

27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) Ronaldu zaxira o'rindig'ida qoldi, shundan so'ng jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.
OAV xabarlariga ko'ra, hujumchi va Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan, ammo tomonlar masalani hal etishgan edi. 30 sentyabr kuni Jezush matbuot anjumanida Ronaldu 1 oktyabrdagi Daniyaga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishini ma'lum qildi. Shundan so'ng forvard Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etishga qaror qilganini e'lon qildi va o'z vaqti kelib, milliy jamoadan ketish sabablari haqidagi haqiqatni oshkor etishga vada berdi.
Ronaldu terma jamoa safida 234 ta o'yin o'tkazib, 146 ta gol urdi. U milliy jamoa bilan birgalikda 2016 yilda Yevropa chempioni bo'ldi hamda ikki bor Millatlar Ligasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.



