Rasman: Tiago Alkantara "Barselona" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Administrator
17 iyul 2024, 20:30
Sobiq futbolchi yaqindagina o'z faoliyatini tugatgandi.

Tiago Alkantara "Barselona" murabbiylar shtabiga rasman qo'shildi. Katalon klubi buni e'lon qildi.

33 yoshli Tiago iyul oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Alkantara "Barselona"da Xans-Diter Flikning yordamchisi bo'ladi. 

"Barsa"ning sobiq yarim himoyachisi jamoaning AQSHdagi turnesida yangi poziciyasida faoliyatini boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz, Flik va Alkantara 2019-2020 yilgi mavsumda "Bavariya"da birga faoliyat olib borishgan. O'shanda nemis klubi trebl qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com