So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  1 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  6 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Rufat Akramxo'jaev: “Nurafshon” bilan o'yinda yigitlar oxirigacha kurashgani uchun g'alaba qozondik” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Nurafshon” bilan o'yinda yigitlar oxirigacha kurashgani uchun g'alaba qozondik”

Kecha birinchi liganing 13-tur o'yinlariga start berildi. Toshkentda “NBU-Osiyo” jamoasi Buxoroning “Nurafshon” jamoasini qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan so'ng “bankilar” ustozi Rufat Akramxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ochig'ini aytganda, o'yin biz uchun yaxshi o'tdi. O'zimiz uchun kerakli hisobni qayd eta olganimizdan xursandman. Yigitlar g'alaba qozonish yo'lida oxirigacha kurashdi. Uchrashuvda ilk bor hisobni ochganimiz ham qaysidir manoda g'alabamizga sezilarli ravishda turtki berdi. Ammo goldan keyin shogirdlarim biroz hotirjamlikka berilgandek tuyuldi. Ikkinchi bo'limda ham bitta to'p kiritib, g'alabani o'z tomonimizga og'dirib oldik.  

- Menimcha hech qaysi murabbiy jamoasining o'yinidan to'liq qoniqish xosil qilmaydi. Garchi uaning jamoasi g'alaba qozongan taqdirda ham. SHu bois men ham futbolchilarimning ikkinchi taymdagi xarakatidan 70-80 foizga ko'nglim to'ldi deyishim mumkin. Taymlar bo'yicha solishtiradigan bo'lsak, ko'proq ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'zimiz xohlagan ko'rinishda kechdi.

- “Nurafshon” haqida nima deyish mumkin? Ko'pchilik bu jamoani oliy ligaga chiqishga asosiy davogar sifatida ko'rmoqda. Lekin men ularni kamsitmagan xolda shuni aytib o'tmoqchimanki, bu borada “Dinamo”ning oldiga tushish nurafshonliklar uchun qiyin bo'ladi. CHunki Samarqand jamoasi tarkibida nisbatan saviyasi yuqori bo'lgan o'yinchilar jamlangan. Qolaversa ular mana bir nechta turki, mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Quvasoyning “Cementchi” jamoasi bilan hozircha to'qnash kelmadik. Demoqchimanki oliy liga yo'llanmasi uchun kurashda “Nurafshon”ga oson bo'lmaydi. Lekin bu raqibimizga omad tilayman.

- Iqtidorli hujumchimiz Timur Usmonov haqida iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Hujumchiga hos bo'lgan hislatlar unda mujassam. Bungacha “Lokomotiv” yoshlar jamoasida o'ynab kelayotgandi. Joriy yildan boshlab, “NBU-Osiyo uchun xarakat qilmoqda. Hozircha 12ta o'yinda 10ta gol urdi. O'ylaymanki Usmonov oliy liga klublarida ham yo'qolib qolmaydi va har qanday jamoa o'yinini kuchaytirishga qodir. Agarda unga takliflar bo'lsa, maslahatlashib ko'ramiz – deydi Rufat Akramxo'jaev.

Islombek Rustambekov.
Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика