Rudi Garsiya: “Taktik “jang”da “Lion” g'olib chiqdi. Barchasini zaxiradan tushganlar hal qildi”
16 avg 2020 07:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587169_original.jpg)
![](/upload/storage/587169_220.jpg)
Rudi Garsiya: “Taktik “jang”da “Lion” g'olib chiqdi. Barchasini zaxiradan tushganlar hal qildi”
“Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz o'z kuchimizga ishongandik. Favorit emasligimizni, top klubga qarshi maydonga chiqishimizni bilardik. G'alabamizga omil bo'lgan eng muhim jihat - jamoaviy ruhning mustahkamligi. Har bir futbolchimiz jamoadoshi uchun harakat qildi, shuningdek, zaxiradan tushgan futbolchilar juda katta yordam berishdi.
Musa Dembele asosiy tarkibdan joy olmaganiga xafa bo'lgandi. Ammo o'yindan oldin men unga maydonga zaxiradan tushib, muhim rol o'ynay olishini aytgandim. Dastlabki chorak final o'yinlari singari zaxiradan tushgan futbolchilar masalani hal etib qo'yishdi.
Biz taktik “jang”da g'olib chiqdik. Oldimizda yangi dovon turibdi va biz uni zabt etishga urinib ko'ramiz”, dedi Garsiya “RMC Sport”ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar