Rudi Garsiya: “CHap qanotda “Roma”ga Iturbega o'xshagan o'yinchi kerak”
27 dek 2013 11:24
Yangiliklar


Rudi Garsiya: “CHap qanotda “Roma”ga Iturbega o'xshagan o'yinchi kerak”
“Roma” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya, mavsum so'ngida huquqiy jihatdan “Portu”ga tegishli bo'lgan “Verona” yarim himoyachisi Xuan Iturbeni sotib olishini tasdiqladi.
“Iturbe yuqori texnika va tezlikka ega bo'lgan futbolchi – aynan mana shunday o'yinchi jamoamizning chap qanotida kerak.
Uni sotib olish juda qiyin bo'lsada, ammo iyunda transferni amalga oshirishga harakat qilamiz”, - deydi Garsiya.
Ushbu mavsum Italiya chempionatining 13 ta o'yinida ishtirok etgan Iturbe, 4 ta gol va 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar