So’nggi yangiliklar

03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  101 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  54 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

"Rubin" Rahmonaliev uchun kulgili summa taklif qilgan Yangiliklar

"Rubin" Rahmonaliev uchun kulgili summa taklif qilgan

"Bunyodkor"ning yana bir tarbiyalanuvchisi Rossiyaga ko'chyapti.

Qozonning "Rubin" klubi 18 avgust kuni Umarali Rahmonaliev bilan shartnoma imzolanganini elon qildi (unga ko'ra, 19 yoshli yarim himoyachi kelasi yilning yanvar oyida jamoa safiga borib qo'shiladi).

Keyinroq "Rubin" rahbariyati yozgi transfer oynasidayoq Umaralini olib ketishni xohlayotgani malum bo'ldi. Rossiyada bozor yopishiliga 4 kun qoldi. Mazkur o'tish amalga oshadimi?

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, "Bunyodkor" o'z tarbiyalanuvchisini qishgacha qo'yib yubormaydi. "Qaldirg'ochlar" rahbariyati rus klubidan ranjigan. Bunga qozonliklarning Rahmonaliev borasida yuborgan dastlabki taklifi sabab bo'libdi — 50 ming evro (17 yoshli Jaloliddinov "Loko" (Moskva)ga o'tganida jamoa 350 ming ishlab olgan edi). 

Birinchi urinishda rad javobini olgan "Rubin" taklifni 200 ming evrogacha ko'targan. Ammo Toshkent klubi futbolchini sotishga shoshilmayapti. Bu borada malumot olish uchun jamoa bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga murojaat qildik.

"Bu masala haligacha aktual bo'lib turibdi. Lekin "Bunyodkor" rahbariyati "Rubin"ning jamoamizga nisbatan munosabatidan qattiq xafa bo'lgan. 

Bizga yuborilgan dastlabki taklifda juda kulgili summa ko'rsatilgan edi. Vaholanki, Rahmonaliev qishda erkin agent sifatida ketgan taqdirda ham 3 marta ko'proq ishlab olamiz. Tarbiyalanuvchimizning mashg'ulot kompensaciyasi uchun "Rubin" 160 ming evro to'lashi kerak. O'shanda 300 yoki 350 minglik taklif kelganda bizning reakciyamiz ham boshqacha bo'lar edi. 

SHuningdek, "Rubin" futbolchimiz bilan muzokara boshlash to'g'risida bizni ogohlantirgan bo'lsa ham, shartnoma imzolanayotganini aytmagandi. Bu holatdan norozimiz. Ertaga shu masalada FIFAga murojaat yuboramiz.

SHunday qilmasak, rus jamoalari o'zbek klublari, xususan, "Bunyodkor"ga nisbatan past nazar bilan qarashda davom etadi. Umarali Rahmonalievning yuqori potenciali, yorqin kelajagi bor. Endigina 19 yoshni qarshiladi. Uning narxi 40 yoki 50 ming evro emasligini barcha yaxshi biladi", — deydi tajribali funkcioner.

! "Rubin" o'tgan mavsum oxirida RPLni tark etgan edi. Ayni paytda Qozon klubi Rossiya chempionatining 2-divizionida 7 ta turdan keyin 12 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Malumot uchun, Umarali Rahmonaliev bu yil "Bunyodkor" libosida 17 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. U markaziy yarim himoyachi hisoblanadi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика