"Rubin" mashg'ulotlari davom etmoqda, tarkibga PRO-Liga klublaridan futbolchilar kelib qo'shilishdi
11 fev 2021 19:37
Yangiliklar


"Rubin" mashg'ulotlari davom etmoqda, tarkibga PRO-Liga klublaridan futbolchilar kelib qo'shilishdi
Yavor Nadjafaliev bosh murabbiyligidagi "Rubin" klubi Birinchi liga yangi mavsumiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.
Ayni damda "Zomin"dan SHerzod Jalilov, "Neftchi"dan Muhammadaziz Obidjonov, "Dinamo"dan SHohrux Raimov, "Istiqlol"dan Timur Usmonov, Abdulbori Vositjonov, Abdulvosit Vositjonovlar, shuningdek tajribali futbolchilar Alisher Azizov, Obid Xakimovlar jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqdalar. Yuqoridagi futbolchilar klub murabbiylar shtabida ijobiy taasurot qoldirsa, ular bilan shartnoma imzolanadi. Klub mashg'ulotlari Qibraydagi "Geofizika" maydonida bo'lib o'tmoqda.
Malumot uchun, "Rubin" 14-fevral kuni Buxoroning "Buxoro" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar