Xebay sobiq jamoasiga qarshi o'yin hamda kam gol urayotganining sababi haqida gapirdi
28 may 2025 07:40
Yangiliklar
Xebay sobiq jamoasiga qarshi o'yin hamda kam gol urayotganining sababi haqida gapirdi
- Bugungi o'yin haqida fikringiz.
- Menimcha, juda og'ir o'yin bo'ldi. Ob-havo yomg'irli, maydon esa futbol o'ynash uchun juda noqulay edi. Biroq biz o'yinni boshqarishga harakat qildik va oxir-oqibat jamoalar o'rtasidagi kichik farq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.
- Sobiq jamoangiz va ularning muxlislariga qarshi o'ynash qo'shimcha bosim yuklamadimi?
- Yo'q, biz professional futbolchilarmiz. "Andijon"da o'ynagan paytimda bir yil davomida meni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdorman. Ular meni yaxshi ko'rishardi, men ham ularni hurmat qilaman. Futbolchining jamoasini o'zgartirishi tabiiy hol. Shu bois, qaysi jamoada o'ynashimizdan qati nazar, maydonda qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz.
- "Andijon" klubidagi gollaringiz orqali muxlislar mehrini qozongansiz. Ammo "Nasaf"da o'yinlar va gollaringiz soni ko'p emas. Bunga sabab nima?
- Dastlab jarohat tufayli bir yarim oy tarkibdan chetda qoldim. Hozir o'z holatimga qaytdim, gol urishni boshladim. O'ylaymanki, bundan keyin ham gol urishda davom etaman hamda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'laman.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar