Ruben Amorim: "Agarda o'yin sifatini hisobga olsak, biz ko'proq ochko to'plashimiz kerak edi"
29 noy 00:59
Yangiliklar
Ruben Amorim: "Agarda o'yin sifatini hisobga olsak, biz ko'proq ochko to'plashimiz kerak edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi ushbu mavsumda ko'proq ochko to'plashi kerakligini aytdi.
"O'yin sifatini inobatga olsak, bizda ochkolar ko'proq bo'lishi kerak edi. Mag'lub bo'lgan ayrim o'yinlarni biz nazorat qildik, bosimda ushladik, lekin ochkolarni berib yubordik. Ko'proq ochko to'play olmaganimiz bizni g'azablantiradi, ayniqsa "Everton"ga qarshi o'yin.
Biz yanada yaxshiroq o'ynashga qodirmiz. So'nggi bahsda yanada yaxshiroq o'ynay olardik. O'yindagi voqeliklarni hisobga olsak, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Shu boisdan raqib darvozasi oldida keskinroq bo'lishimiz kerak. G'alaba qozona olmasak, klub ichida nimalar bo'layotganini yaxshi bilamiz", - dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Fikrlar