So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

RPL. "Ufa" 9 oy deganda o'z maydonida g'alabaga erishdi Yangiliklar

RPL. "Ufa" 9 oy deganda o'z maydonida g'alabaga erishdi

Rossiya chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Ufa" - "Tambov" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Ufa" - "Tambov" 2:1

Gol: Fomin (20), Kostyukov (77), Giorgobiani (90+2).

Ufa – Belenov, Suxov, Nikitin, Tabidze, Nedelcharu, Fomin, Karp (Giorgobiani, 86), O'runov, Yokich, Krotov (Aliev, 66), Bizyak (Kozlov, 67).

Tambov – SHeliya, SHlyakov (Kaplienko, 46), Rybin, Filin (Yurganov, 73), Tetrashvili, Karasev (Fedchuk, 73), CHuperka, Gricaenko, Kostyukov (Mamtov, 82), Oyevole, Obuxov (Kabaxidze, 56).

Ogohlantirish: Gricaenko (26), Tetrashvili (30), Krotov (30), CHuperka (57), Filin (70), Karp (73).

CHetlatish: Tetrashvili (36).

FC Ufa

Daniil Fomin - 20', Nikolay Giorgobiani - 90'

Premier League . 23-tur

21/06/2020, 18:00

1
:
2
Tugadi

FC Tambov

Mikhail Kostyukov - 77'

Stadion: Neftyanik Stadium

45'
90'
20'  Daniil Fomin
30'  Vyacheslav Krotov
67'  Vyacheslav Krotov (Azer Aliev)
67'  Lovro Bizjak (Andrey Kozlov)
73'  Catalin Carp
86'  Catalin Carp (Nikolay Giorgobiani)
86'  Aleksandr Sukhov (Denis Terentyev)
90'  Nikolay Giorgobiani
90'  Daniil Fomin
90'  Oston Urunov (Artem Golubev)
27'  Aleksey Gritsaenko
30'  Guram Tetrashvili
36'  Guram Tetrashvili
46'  Evgeniy Shlyakov (Oleksandr Kapliyenko)
56'  Vladimir Obukhov (Vladimir Kabakhidze)
57'  Valeriu Ciuperca
70'  Aleksandr Filin
73'  Pavel Karasyov (Artem Fedchuk)
73'  Aleksandr Filin (Igor Yurganov)
77'  Mikhail Kostyukov
81'  Mikhail Kostyukov (Khasan Mamtov)
90'  Giorgi Shelia

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! Dramatik kechgan qiziqarli o'yinda mezbonlar g'alabaga erishdi. "Ufa"ni g'alaba bilan tabriklab qolamiz. Siz bilan Mirjalol Normatov bo'ldi. 

90+4. "Tambov"da burchak zarbasi. Darvozabon ham etib keldi.

90+3. O'runov o'z o'rnini Golubevga bo'shatib berdi.

90+2. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Giorgobiani boshi bilan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi!!! Uchrashuv qahramoni bo'lishga Nikolay yaqin turibdi.!!

2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!!! SHeliya jamoasini yaqqol goldan saqlab qolmoqda. Fominning to'p uzatishidan keyin Nedelcharu raqib darvozasi tomon xavfli zarba yo'lladi!!! Darvozabondan super seyv!

85. UXXXXXXX!!! Karpning uzatgan to'piga Aliev kuchli zarba yo'lladi. Lekin noaniq.

83. O'runovning burchakdan uzatgan to'piga Karp boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

79. ZARBAAAAAA!!!! Jarimadan uzatilgan to'pga Kozlov boshi bilan zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

77. GOL! Markazdan uzatilgan to'pni Kostyukov to'xtatmasdan Belenovning ustidan tashlab qo'ydi. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Tambov" chiroyli gol bilan hisob tenglashtirdi.

75. Nihoyat "Tambov" ham hujumga o'ta oldi. Burchak zarbasidan keyin Kabaxidze noaniq zarba yo'lladi.

73. UXXXXXXX!!! Hisob 2:0 ko'rinishiga kelishi mumkin edi. Darvozabonsiz qolgan darvozaga bir necha himoyachilar turib olishdi va natijada Fominning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

70. Oston chiroyli tarzda 2 raqibidan o'tib ketayotgandi, qo'pollik bilan yiqitildi. "Ufa"da yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.

68. O'runovning zarbasi rikoshet orqali burchakka chiqib ketdi.

62. O'runovning zarbasi tribuna tomon uchib ketdi.

58. Ushbu 10 daqiqalikda birorta vaziyat yuzaga kelmadi.

55. O'yin biroz zerikarli ko'rinish olib bormoqda.

52. To'pni tanasi bilan yopayotgan paytda O'runovga qarshi qo'pol o'ynashdi. Oston maydonda yotibdi.

48. O'runov raqibi Kostyukovni yiqitdi. "Tambov"da imkoniyat.

46. Ketdik! Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- "Tambov" futbolchilari maydonga qaytishdi. "Ufa"ni kutyapmiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. "Tambov"da burchak zarbasi amalga oshirildi. Undan oshirilgan to'pga Ribin zarba yo'lladi. Lekin darvozabon to'pni ushlab oldi.

2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Exxx!! O'rtoq Bizyak! 100 foizlik vaziyatni ura olmadingiz... O'runovning faolligidan keyin to'p olib qo'yildi va Oston to'pni Fominga oshirdi. Danil esa to'pni 100 foizlik vaziyatda turgan Bizyakka uzatdi. Bizyak o'z zarbasi bilan 7 metrlik darvoza qolib, 10 santimetrlik ustunni poyladi.

44. O'runov yaxshi o'ynayapti. Birinchi bo'limdan keyin u uchrashuvning eng yaxshisi bo'lish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

41. ZARBAAAAAAAAA!!! SHeliyadan yana bir seyv!! Fominning "devyatka" tomon tepgan to'pini posbon qaytarishga erishdi.

40. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!!! O'runov ikki raqibini aldab o'tdi va kuchli zarba yo'lladi. SHeliya to'pni oyoqlari yordamida qaytardi!

39. UXXXXXXX!!!! O'runovda ajoyib vaziyat bo'lgandi! Uning zarbasini avvaliga darvozabon keyinchalik himoyachi qaytardi.

36. QIZILLLLLL!!!! O'zini bosa olmayotgan Tetrashvili maydondan chetlatildi. Mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi.

34. "Ufa" hujumga o'tishga urunib ko'rdi. Ammo Krotov noaniq pas berdi va hujum to'xtadi.

30. Urushib ketishgani uchun Krotov va Tetrashviliga sariq kartochka ko'rsatildi.

27. ZARBAAAAAAAA!!! Fominning jarimadan yo'llagan zarbasini SHeliya qaytardi!! CHiroyli seyv bo'ldi.

25. Gracienko o'z jarima maydonchasi yonida Fominni yiqitdi. "Ufa"da yana bir imkoniyat!

23. O'yinda "Tambov" ustunlik qilishni boshladi.

20. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Fomin penaltidan hisobni ochdi! 1:0!

19. PENALTI!!!!! "Ufa"da hisobni ochish uchun vaziyat bor. Bosh hakam xatosini VAR orqali to'g'riladi. Fomin to'p oldida.

18. Yo'q, vaziyat VAR orqali kuzatilmoqda. Bosh hakam televizor oldiga ketdi.

16. Bosh hakamga bugun bir necha etirozlar bor. Hozir Yokich raqiblari tomonidan yaqqol yiqitildi, biroq penalti berilmadi. Keyinchalik "Ufa" gol  urdi. Biroq Krotov bu pallada raqibini itarib yuborgandi.

13. O'runovdan ajoyib harakatlar!!! U bir raqibini chiroyli tarzda aldab o'tdi va darvoza yonidagi jamoadoshiga oshirdi. Krotov boshi bilan noaniq zarba berdi. Oston intervyuda ko'plab fintlarni o'rganganini va buni o'yinlarda ko'rsatishini aytgandi. Hozircha u buni uddalayapti.

9. UXXXXX!!! O'runov bir necha raqibidan to'pni olib chiqib ketib, to'pni Bizyakka oshirdi. Biroq Bizyak darvoza yoniga to'pni kuchliroq tarzda oshirib yubordi.

6. "Tambov" futbolchisi kichik jarohat oldi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishdi.

4. Jarimadan uzatilgan to'pna Kostyakov boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

2. Bizyak hujumga o'tgandi. Uni himoyachilar to'xtatib qolishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

-------

- SHuningdek, "Ufa"da turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilish uchun imkoniyat bor. Bugungi g'alaba jamoani 10-o'rindan 7-o'ringacha ko'tarishi mumkin. Mag'lubiyat esa "Ufa" o'z o'rnini "Tambov"ga bo'shatib berishiga sabab bo'ladi.

- Qayd etish kerak, ufaliklar o'z maydonida o'tgan so'nggi 4 o'yinda g'alabaga erisha olishmagan.

- Bugun Rossiya chempionati 23-turi doirasidagi o'yinlar davom ettiriladi. Bugungi kun doirasidagi bahslarni "Ufa" - "Tambov" uchrashuvi ochib beradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика