So’nggi yangiliklar

15:40Али Хасиф: "Ўзбекистон енгиб бўлмас тўсиқ эмас"  6 15:24Аллегри "Милан"га қайтди  0 15:12"Реал" янги футболчисини эълон қилди  4 15:03БАА терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  9 14:44Эшитдик-да! "Нефтчи" раҳбариятида истеъфо  11 14:44"Дутор" ва "Котта Болла"дан ғалабалар — Like Cup мусобақасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:51Доннарумма вакили ПСЖ ҳақида: "Агар янги шартнома имзоламасак, бошқа вариантларни кўриб чиқамиз – ҳеч нарсани истисно қилмаймиз. Жанлуижи Парижда хурсанд".  0 13:12Россияга қарши баҳс учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  7 12:43Ўзбекистон - Қатар учрашуви учун чипталар офлайн сотилади  23 12:09Ла Лига мавсумида ВАРнинг энг кўп қарорлари "Реал"га қарши қабул қилинган – 16 та, "Барса"га қарши – 7 та  30 11:37ФИФА Анчелоттининг Бразилия терма жамоасига тайинланиши бўйича тергов бошлади  2 10:52Италия грандларига "Реал" ҳужумчиси керак  3 10:23Тен Хаг МЮдан собиқ футболчиларини олиб келмоқчи  6 09:54МЮ Осимхенни қўлга киритиш учун "Наполи"га ўз футболчисини таклиф қилди  1 09:25“Реал“ ва “Ливерпуль“ ниҳоят келишувга эришди  5

RPL. O'runov 85 daqiqa o'ynagan bahsda "Ufa" durang qayd etdi Yangiliklar

RPL. O'runov 85 daqiqa o'ynagan bahsda "Ufa" durang qayd etdi

"Ufa" hamda "Rubin" o'rtasidagi RPLning 25-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib boring.

FC Ufa

Premier League . 25-tur

01/07/2020, 18:00

0
:
0
Tugadi

Rubin Kazan

Stadion: Neftyanik Stadium

45'
90'
22'  Ionut Nedelcearu
26'  Vyacheslav Krotov
28'  Catalin Carp
66'  Vyacheslav Krotov (Lovro Bizjak)
73'  Artem Golubev (Denis Terentyev)
85'  Aleksandr Sukhov (Danil Krugovoy)
86'  Oston Urunov (Nikolay Giorgobiani)
73'  Denis Makarov (Soltmurad Bakaev)
73'  Ivan Ignatyev (Darko Jevtic)
74'  Filip Uremovic
79'  Aleksandr Zuev (Nikolay Poyarkov)
82'  Ilya Samoshnikov
88'  Zuriko Davitashvili (Evgeni Markov)
88'  Igor Konovalov (Pavel Mogilevets)


"Ufa" – "Rubin" 0:0

"Neftyanik"

"Ufa" – Belenov, Nikitin, Suxov (Krugovoy, 85), Nedelcharu, Tabidze, Fomin, Golubev (Terentev, 73), Karp, O'runov (Giorgobiani, 85), Aliev, Krotov (Bizyak, 66).

"Rubin" – Dyupin, Samoshnikov, Uremovich, Pablo, Zuev (Poyarkov, 78), Konovalov (Mogilevec, 88), Abilgor, Makarov (Bakaev, 71), Davitashvili (Markov, 88), Kvaracxeliya, Ignatev (Evtich, 72).
Ogohlantirishlar: Nedelcharu (22), Krotov (26), Karp (28), Uremovich (74), Samoshnikov (82).


90. Uchrashuv asosiy vaqtiga  3 daqiqa qo'shib berildi.

85. O'zgarish: Hamyurtimiz Oston O'runov o'rniga Giorgobiani maydonga tushdi.

83. Fomindan navbatdagi zarba va yana "Rubin" posbonidan seyv.

79. O'runov "Rubin" jarima maydonchasining o'ng tomonidan yorib kirdi, biroq raqib himoyachilari uzatma amalga oshirishga imkon berishmadi va vaiyazt yo'qqa chiqdi.

76. "Ufa" birinchi bo'limdagi kabi faol emas, bugungi bahs gollarsiz yakunlanadiganga o'xshaydi.

68. Oston uchrashuvda kam ko'zga tashlanayotgan bo'lsada, sharhlovchilar o'zbekistonlik futbolchi haqida iliq so'zlar aytishmoqda.

67. Qanotdan uzatilgan to'pga O'runov zarba berishga urindi, ammo zarba futbolchi kutganidek bo'lmadi.

60. Mezbon jamoa himoyada to'pni yo'qotdi. Xvarackeliy to'p bilan raqib jarima maydongchasigacha kirib bordi va burchak zarbasi ishlab oldi. Ushbu standart mehmonlarga foyda keltirmadi.
57. "Ufa" ajoyib hujum amalga oshirdi va Suxov to'pni jarima maydonchasiga tashladi. Fomin to'pga zarba berishga harakat qilib, raqibga shikast etkazdi va hakam o'yinni to'xtatdi.

55. Nedelcharu almashtirilishi kerak edi, ammo maydondagi futbolchi so'nggi soniyalarda ortga qaytdi va o'zgarish bo'lmadi.

52. "Rubin" katta kuch bilan oldinga o'tmayapti, ular huddi raqibning xatosini kutayotgandek harakat qilishmoqda.

49. Karp "Rubin" darvozasiga zarba berdi, mehmonlar posboni bir amallab to'pni qaytardi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Birinchi bo'lim oxiriga kelib jamoalarning xatolari soni ko'paydi. SHu sababli to'p bir jamoada uzoq saqlanib qolmayapti.

38. "Ufa" raqib jarima maydoni oldida vaziyatlar tashkil qilmoqda, ammo ular zarba bilan yakunlanmayapti.

32. "Rubin" faollashdi va mehmonlar dastlabki aniq zarbani amalga oshirishdi. Belenov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

26. Oston O'runov markazda ikki raqibini aldashga urindi, ammo o'ziga haddan tashqari ishonib yuborgani tufayli to'pni oldirib qo'ydi.

22. Mezbonlar kutilmaganda to'pni egallab olishdi va O'runov raqib himoyachisini aldashga urinmay, to'pni jamoadoshiga uzatdi. To'pni qabul qilgan Krotovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.

19. "Ufa" yarim himoyachisi Fomin uzoq masofadan "Rubin" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

17. Oston o'z jamoasi yarim maydonida ikki raqibga qarshi kurashda to'pni saqlab qoldi va jamoadoshini to'p bilan taminladi.

14. O'runov to'pni jarima maydonchasiga oshiqayotgan jamoadoshiga uzatdi, ammo u to'pni egallay olmadi. Natijada "Rubin" posboni xavfni barataraf etdi.

10. Hozircha kichik ustunlik "Ufa" tomonda. Mezbonlar to'pni o'zida ko'proq ushlab, bahsni nazorat qilishga urinishmoqda.

6. Ayni damda RPL turnir jadvalida "Ufa" 31 ochko bilan 8, "Rubin" esa 26 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi.

4. "Ufa" o'zining ikkinchi burchak zarbasini ishlab oldi, hozircha mezbonlar faol. Burchakdan uzatilgan to'p darvozaga yo'naltirildi, ammo posbon to'pni osonlik bilan egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Ufa" - siyox, "Rubin" - yashil rangli libosda harakat qilmoqda.


"Ufa" - "Rubin" 

"Ufa": Belenov, Nikitin, Suxov, Nedelcharu, Tabidze, Fomin, Golubev, Karp, O'runov, Aliev, Krotov.

"Rubin": Dyupin, Samoshnikov, Uremovich, Pablo, Zuev, Konovalov, Abilgor, Makarov, Davitashvili, Kvaracxeliya, Ignatev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика