RPL tarixida ilk bor uchrashuvda 6 o'zgarish amalga oshirildi
15 mar 2022 09:10
Yangiliklar
RPL tarixida ilk bor uchrashuvda 6 o'zgarish amalga oshirildi
Rossiya chempionati 21-turida “Rostov” safarda “Rubin”ni mag'lub etib, autsayderlar qatoridan uzoqlashgan holda 12-o'ringa ko'tarildi.
O'yinning 81-daqiqasiga kelib “sariq-ko'klar” ustozi Valeriy Karpin besh o'zgarishni amalga oshirib bo'lgandi. Biroq, keyin Igor Kalinin raqib himoyachisi bilan to'qnashuvi oqibatida boshidan jarohat oldi. “Rostov” qo'shimcha zaxira imkoniyatidan foylanishiga to'g'ri keldi. Reglamentga ko'ra, futbolchi boshidan jarohat olsa, jamoaga oltinchi o'zgarishni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Rossiya futbol ittifoqi mazkur qoidani bir yil oldin joriy qilgan.
SHunday qilib, “Rostov” RPL tarixida o'yin davomida olti zaxira imkoniyatidan foydalangan ilk klubga aylandi.
Fikrlar