RPL. "Rubin" bir kishi kam bo'lib, "Dinamo M"ni mag'lub etdi
21 iyu 2019 23:05
Yangiliklar


RPL. "Rubin" bir kishi kam bo'lib, "Dinamo M"ni mag'lub etdi
Uchrashuvning 36 daqiqasida qozonliklar azosi Evgeniy Bashkirov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. «Rubin» ustozi Roman SHaronov tanaffus vaqtida bahsni asosiy tarkibda boshlagan Vitaliy Denisov hamda Islandiya termasi forvardi Vidar Ern Kyartanssonni zaxiraga olishga qaror qildi. Uchrashuvning asosiy bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan uchinchi daqiqada esa Kyartanssonning o'rniga tushgan Beka Mikeltadze gol urib, «Rubin»ga yangi mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi.
Dinamo M – Rubin 0:1 (0:0, 0:1)
«VTB-Arena»
Gol: 0:1 – 90+3 Mikeltadze.
Dinamo M – SHunin, SHunich, Parshivlyuk (Morozov, 68), Pliev, Evgenev, Migel Kardozu, SHimanski, Yusupov (Panchenko, 58), Kabore, Grulev (SHeydaev, 46), Joaozino.
Rubin – Dyupin, Sorokin, Danchenko, Uremovich, Denisov (Stepanov, 46), Podberezkin, Bashkirov, Konovalov, Mogilevec, Davitashvili (Kvaracxeliya, 77), Kyartansson (Mikeltadze, 46).
Ogohlantirishlar: Bashkirov (3), Davitashvili (63), Panchenko (67), Stepanov (70), Kabore (72), SHimanski (81), Kvaracxeliya (90), Podberezkin (90), Dyupin (90).
CHetlatish: Bashkirov (36).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar