So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

RPL. "Rostov" o'z uyida "Zenit"ga engildi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

RPL. "Rostov" o'z uyida "Zenit"ga engildi, SHomurodov 90 daqiqa o'ynadi

Teglar :  "Rostov"RPL"Zenit"
Rossiya chempionatining yakunlovchi 30-turidan o'rin olgan "Rostov" - "Zenit" o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Rostov – Zenit 1:2

«Rostov-Arena»

Gollar: 1:0 – 18 Zaynutdinov, 1:1 – 72 Rigoni, 1:2 – 75 Azmun.

Rostov – Pesyakov, Kozlov, Xadjikadunich, CHernov (Vedernikov, 87), Logashov (Proshlyakov, 87), Normann, Zaynutdinov (Eremenko, 64), Glebov, Bayramyan (Dolgov, 61), Saplinov, SHomurodov.

Zenit – Vasyutin, Proxin, Mammana (Osorio, 46), Smolnikov (Kuzyaev, 68), Sutormin (Dzyuba, 46), Eroxin, SHatov, Rigoni, Musaev, SHamkin (Azmun, 46), Driussi (Karavaev, 89).

Ogohlantirishlar: Normann (42), Xadjikadunich (66), SHatov (82), Saplinov (90).


O'yin yakunlandi. "Rostov" chempionatni mag'lubiyat bilan tugatadigan bo'ldi - 1:2. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+1. Saplinov sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Zenit"da almashtirish: Driussi o'rniga Karavaev tushdi.

87. "Rostov"da 2 ta o'zgarish: CHernov o'rniga Vedernikov, Logashov o'rniga Proshlyakov tushirildi.

82. SHatov avval raqibning futbolkasidan tortdi, keyin "Rostov" futbolchisi to'pni tezda o'yinga kiritishiga xalaqit qildi, shu bois SHatovga sariq kartchoka berildi. 

78. Aleksandr Eroxin to'pga ulgarmadi va Romana Eremenko bilan to'qnashdi. Karasev Eroxinni ayadi va sariq kartochka ko'rsatmadi.

76. Rigoni "Zenit"ning 4 daqiqa ichidagi 3-golni urishi mumkin edi, ammo u 10 metrlik masofadan gol ura olmadi! 

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  SHatovning uzatmasidan so'ng, Azman "Zenit"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2! 

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rigoni gol urib, htsobni tenglashtirdi - 1:1! 

68. Dzyuba Logashov bilan ikkinchi qavatda kurash olib bordi va yutib chiqdi. Bosh bilan yo'llangan zarba, to'p darvozabonning qo'lida. 

68. O'yinda to'xtalish. Hakam futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim qildi. Stadionda +27 daraja issiq hukmron. 

68. "Zenit"da almashtirish: Smolnikov o'rniga Kuzyaev tushdi. 

67. Xadjikadunich Eroxinga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq oldi. "Zenit" navbatdagi o'zgarishni tayyorlamoqda - Kuzyaev maydonga tushadi. 

65. Zarba! Ajoyib tarzda tashkil etilgan hujumdan keyin SHomurodovning yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

63. "Rostov"da almashtirish: Zaynutdinov o'rniga Eremenko tushmoqda. Nihoyat, SHomurodovga pas beradigan futbolchi maydonga tushayotgan ko'rinadi. 

61. "Rostov"da o'zgarish: Bayramyan o'rniga Dolgov tushirildi.  Bayramyan jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmadi. 

57. "Zenit"ning kuchli hujumchilari maydonga tushgach, mehmonlar o'yini o'zgardi. Rostovliklar katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. 

54. Mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi, ammo uzatma samarasiz. Keyin Rigoni hujumga o'tib ketdi, biroq o'z vaqtida pas bermagani uchun baribir to'pni yo'qotdi.

52. SHatovdan zarba! Pesyakov o'z o'rnida! 

47. Bayramyan chap qanotda Proxinni ortda qoldirdi, biroq himoyachining mahorati evaziga to'p Bayramyandan maydonni tark etdi. 

46. "Zenit"da 3 ta o'zgarish: SHamkin o'rniga Azmun, Sutormin o'rniga Dzyuba, Mammana o'rniga Osorio tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob - 1:0.  Tanaffus! 

45+2. SHamkin to'pni yo'qotdi. "Rostov" SHomurodov orqali qarshi hujumga ztmoqda, Eldor to'p Bayramyanga uzatdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

43. Glebovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Vasyutin qaytraishga erishdi.

42. Matias Normann yakkama-yakka kurashda qochmb ketayotgan SHatovni itarib yubordi va sariq kartochka oldi.

39. SHamkin hujumda faollik ko'rsatdi, lekin to'pni yo'qotguncha harakatlandi va yakunda qoidani buzdi.

38. CHernov maydonda yotibdi, Oleg SHatov unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

35. Bayramyan Smolnikor bilan kichik to'qnashuvda ishtirok etdi va uning o'ng oyog'i lat edi. SHifokorlar yordam ko'rsatishdi va "Rostov" o'yinchisi o'ynashda davom etadi. 

33. Kurash asosan maydon markazida kechmoqda, mehmonlar deyarli hujum qilishmayapti.

32. Driussi raqib jarima maydoni tomonda CHeronov bilan kurash olib bordi, Druissi ozgina g'irromlik ishlatdi va qoida buzish qayd etildi.

30. CHernov chap qanotdan reyd uyushtirdi, keyin Zaynutdinovning harakatlari jamoaga naf keltirmadi.

28. "Rostov" muxlislarini alohida etirof etish lozim. Ular faollik bilan jamoani qo'llab-quvvatlashda davom etishyapti.  

26. Davom etamiz. Piterliklar yana to'p bilan. 

24. O'yinda "pauza" kuzatilmoqda, futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkon berildi. 

21. Rigoni chap qanotdan to'pni ichkariga oshirdi, uning jamoadoshlaridan hech kim to'pga egalik qilmadi va himoyachi to'pni qaytardi. 

20. Uuuux! Xavfli vaziyat! Darvoza to'sini! CHernovning ajoyib uzatmasidan keyin SHomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0!  Zaynutdinov jarima zarbasidan gol urdi! 

17. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 60% - 40%

16. Hak ikki jamoa jangovar o'yin ko'rsatishmoqda. 

15. Valeriy Karpin o'z futbolchilariga ko'rsatma bermoqda va jonlanishni buyuryapti. 

12. Rigonidan qoyilmaqom pas, biroq hammasi burchak to'pi bilan yakun topdi. 

9. Mezbonlar qarshi hujumga o'tdilar. SHomurodov himoyachi bilan kurash olib bordi va Zaynutdinovga ajoyib pas berdi, ammo uning zarbasi mehmonlar tomonidan "bloklandi". Eh, chapda Bayramyan ochiq turgandi.

8. "Rostov" futbolchisining uzoqdan yo'llagan zarbasi yo'liga Mammana to'siq bo'ldi.

6. Jamoadan ketishi kutilayotgan Oleg SHatov bugun piterliklar sardori sifatida o'ynamoqda. Uning Sutorminga pas berdi. Ushbu hujum Smolnikovning uzatmasi va Driussining zarbasi bilan tugadi.

4. "Zenit"dan javob hujumi. Driussining zarbasini qaytarishdi.

3. "Rostov" o'ng qanot orqali yaxshi hujum uyushtirdi: Normann Bayramyanga pas berdi, u esa yiqilib tushdi. Bosh hakam Karasev "tur o'rningdan, do'stim" dedi. 

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda

"Rostov" chigil yozdi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda

Jamoalar stadionda

Tarkiblar elon qilindi

"Rostov-Arena" bugungi to'qnashuvga tayyor!

O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Rossiya premer-ligasi 30-turidan joy olgan barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi. Biz siz bilan hamyurtimiz to'p tepadigan "Rostov"ning  "Zenit"ga qarshi bahsini kuzatib boramiz.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика