RPL klubi tez orada o'zbekistonlik futbolchining transferini elon qiladi
06 fev 2020 16:56
Yangiliklar


RPL klubi tez orada o'zbekistonlik futbolchining transferini elon qiladi
"Ufa" tez orada Oston O'runovning transferini elon qiladi.
Bu haqda Boshqirdiston klubi bosh direktori SHamil Gazizov malum qildi.
"Ikki-uch, uzog'i besh kunning ichida transferni elon qilamiz. Bu yosh va istiqbolli chet ellik futbolchi", - deydi Gazizov.
Bu katta ehtimol bilan hamyurtimiz Oston O'runov bo'ladi. "Lokomotiv" sobiq o'yinchisi anchadan beri "Ufa" bilan birga. U hatto nazorat o'yini doirasidagi "Ayya-Napa"ga qarshi o'yinda gol urishga ham erishdi.
Eslatib o'tamiz, O'runov o'tgan mavsum "Loko" safida O'zbekiston chempionatida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar