RPL klubi Gattuzoga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi
06 noy 2021 08:00
Yangiliklar
RPL klubi Gattuzoga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi
“Napoli” va “Milan”ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo “Spartak” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Moskvaliklar 43 yoshli mutaxassisga qiziqish bildirmoqda va unga 3 yillik shartnoma taklif etishmoqchi. Gattuzoning yillik maoshi esa 1,5 mln evro bo'lishi aytilmoqda.
Italiyalik murabbiy 25 may kuni “Fiorentina” boshqaruviga keldi, ammo 1 oydan keyin rahbariyat bilan kelisha olmay, klubni tark etdi.
“Spartak” Ruy Vitoriya qo'l ostida RPL joriy mavsum 13-turidan keyin 18 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda.
Fikrlar