So’nggi yangiliklar

23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  0 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  2 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  4 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  33 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  9

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlar 10 kishi bo'lib ham futbol o'ynash mumkinligini ko'rsatib berishdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlar 10 kishi bo'lib ham futbol o'ynash mumkinligini ko'rsatib berishdi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- O'yin og'ir o'tdi. Bir kishi kam bo'lib qolganimiz bizga qiyinchilik tug'dirdi. SHunga qaramay biz raqibdan ko'proq hujum tashkil etdik, vaziyatlar yaratdik, yigitlar xarakter ko'rsatishdi. Jismoniy imkoniyatlarimiz yaxshi ekani ko'rindi. 10 kishi bo'lib futbol o'ynash mumkinligini futbolchilarimiz ko'rsatib berishdi.

- Dilshod Komilov jamoaga yaxshi qo'shilib ketibdi. Uning o'yini haqida fikringiz?

- Albatta, u bugun jamoamiz g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. 3 ta himoyachi bo'lib o'ynay boshlaganimizda hujumlarni tashkil etishda faollik ko'rsatdi. CHap oyoqda yaxshi ishlaydi. Undan oldinda ko'p narsalarni kutayapmiz.

- Yoshlar jamoalari safida bir nechta futbolchilarni mashg'ulotlarga jalb etgansiz. Ular orasida kimlarni kelgusida hech bo'lmasa jamoa zaxirasida ko'ramiz?

- Hozir sizga aniq nomlarni aytmayman. Lekin 10 nafardan ziyod futbolchilarni ko'zdan kechirib oldim. Va shu orqali jamoamiz ertasi borligi, zaxiramiz mustahkamligiga ishonch hosil qildim. Kelgusida albatta ularga ham imkon beramiz.

- Bugun OCHLda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. "Nasaf" tushgan guruh haqida fikringiz qanday? Jamoa oldiga OCHLda qanday vazifa qo'yilgan?

- Qura boshqalardan ko'ra bizga og'irroq raqiblarni ro'para qildi. Iordaniya chempioni oson raqib bo'lmaydi. Quvayt jamoasi ham bizga notanish, avval duch kelmaganmiz. SHunday bo'lsa ham, birinchi vazifamiz guruhdan chiqish bo'ladi, bu haqida rahbariyat bilan gaplashamiz. Biz 4-5 mavsumdan buyon xalqaro maydonda o'ynab kelayapmiz, tajribamiz etarli.

- Jamoaga yangi taklif etilgan legionerlardan nimalarni kutayapsiz?

- Albatta, super futbolchilarni transfer qildik deb aytmagan bo'lardim. Lekin ularni jamoaga raqobatni kuchaytirish uchun jalb etdik. Ko'p narsalar kutayapmiz ulardan. Biri bugun hakam qarori bilan chetlatishga uchradi. Ikkinchisiga o'yinning borishidan kelib chiqib, ehtiyoj sezmadik. Kelgusidagi o'yinlarda ularning foydasi tegishiga ishonamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика