So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramov futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun Tailandga boradi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramov futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun Tailandga boradi

Xabaringiz bor, futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo'l olgan.

Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg'ona, Namangan kabi ko'plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo'qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqda. Bu o'zbek futboli muxlislarining o'ziga xos yangi to'lqini, milliy sport g'oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.

Malumki, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida “Nasaf” (10) va “Bunyodkor” (5) klublarining o'yinchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Berdiev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka etib kelishadi.

Takidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo'lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o'z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo'llab-quvvatlash uchun kelishmoqda.

Reyting: +148   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика