So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Ro'ziqul Berdiev va Andrey Miklyaev jarimaga tortilishdi, Oleg Zoteevning qizil kartochkasi kuchida qoldi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev va Andrey Miklyaev jarimaga tortilishdi, Oleg Zoteevning qizil kartochkasi kuchida qoldi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda bir qator uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

OKMK — “So'g'diyona”

Superliganing 21-turi doirasidagi OKMK — “So'g'diyona” uchrashuvi bo'yicha OKMK futbol klubidan murojaat kelib tushgan. Unga ko'ra, mazkur uchrashuvning 67-daqiqasida OKMK futbolchisi S.Raxmonovga uchrashuv bosh hakami tomonidan berilgan ikkinchi sariq, qizil kartochka bo'yicha vaziyat O'zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi hamda OKMK futbol klubi murojaatiga asosan Espert hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan deb topilgan.

Sardor Raxmonovga ko'rsatilgan ikkinchi sariq va qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan bekor qilindi.


“Nasaf” — “Neftchi”

Superliganing 21-turi doirasidagi “Nasaf” — “Neftchi” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev raqib jamoa azolariga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani va ularga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ro'ziqul Berdievga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“Mashal” — “Lokomotiv”

Pro liganing 20-turi doirasidagi “Mashal” — “Lokomotiv” uchrashuvining birinchi bo'lim yakunlangandan so'ng “Lokomotiv” futbolchisi O.Zoteev uchrashuv zaxira hakami shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Mazkur holat bo'yicha “Lokomotiv” futbol klubi uchrashuv hakami tomonidan futbolchi O.Zoteevga berilgan qizil kartochka bo'yicha oydinlik kiritishda amaliy yordam so'ralgan.

Qo'mita yig'ilishida uchrashuv zaxira hakami F.Norsafarov va futbolchi O.Zoteevlarning ko'rsatmalari tinglandi, shuningdek, taklif etilgan mutaxassislarning xulosalariga muvofiq berilgan qizil kartochkani bekor qilish uchun etarlicha asoslar topilmadi.

SHuningdek, uchrashuvining 59-daqiqasida “Lokomotiv” klubi murabbiyi A.Miklyaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Andrey Miklyaevga (Lokomotiv) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика