So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Ro'ziqul Berdiev? U terma jamoada nima qiladi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev? U terma jamoada nima qiladi?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Kimlardadir noto'g'ri tasavvur bor, mening poziciyam faqatgina tanqid qilish emas. Poziciyam - principlarimda sobit turish, tamom!

O'z qarichim bilan xatolik ko'rsam, bu haqida gapiraman, taklif kerak joyga o'z fikrim bilan kiraman. Yani, duch kelgan jihatga tosh otib ketmayman. Agar toshni ko'proq otgan bo'lsam, bu mening aybim emas. Demak, bizning futbolda xatolar ko'p ekan.  

Bugungi mavzu Ro'ziqul Berdiev bo'ladi. O'zbekistonda ish uslubi menga yoqadigan mutaxassislar bor. Berdiev shular qatoriga kiradi. U “Nasaf”ni qabul qilib olganidan buyon kuzatib kelaman, natijalarini qoniqarli deb hisoblayman. CHunki aynan Qarshi klubigina Toshkent etakchilariga muntazam raqobat tug'dira oladi. Bu “Nasaf”da pul oshib-toshib yotgani uchun emas, ish to'g'ri yo'lga qo'yilgani uchundir. Qaysidir yili “Buxoro”, boshqa safar “Qizilqum” bir siltanishi mumkin. “Nasaf”da esa stabillik bor. Ligada o'z o'rni va maqsadini aniq biladigan har qanday jamoa hurmatga sazovor.

Berdiev 2016 yilgacha bo'lgan davrda bitta yaxlit tarkib shakllantirdi va o'sha tarkib bilan erishish mumkin bo'lganlariga erisha oldi. “Nasaf”da zaxira hech qachon kuchli bo'lmagan. SHuning uchun ham u “Lokomotiv” va “Bunyodkor” bilan doim ham bir xilda raqobat qila olmagan. CHempionlar Ligasi masalasida biror fikr bildirishdan yiroqman. CHunki bugungi kunda eng sara futbolchilari bor “Lokomotiv” ham arab yoki forslarning boy klublari oldida ojiz qolayotganini ko'ryapmiz. Bu turnirda o'zini ko'rsata olgan 2 dona mutaxassis bor: Tachmurod Agamurodov va Mirjalol Qosimov, bo'ldi. Xalqaro maydonda qarichidan yuqori sakragan boshqa kimnidir bilmayman.  

Berdievga bo'lgan hurmat yana bir jihatdan keyin oshdi. U o'tgan davr mobaynida qo'l ostidagi asosiy futbolchilarni o'ynatibgina qolmadi, ularning fonida yoshlarni tarbiyalay oldi. Misollar ko'p, keling faqatgina 4 nafarini sanab o'taman: Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev, Islom Kenjaboev, Odil Hamrobekov. Va shuning uchun ham “Nasaf”ni deyarli 1 ta butun tarkib tark etganida ham, klub liga etakchilari qatoridan tushib qolmadi. Bazi klublarda tarkib har yili o'zgarib turishi inobatga olinsa, “Nasaf”ning bu boradagi ishlari joyida deb qarash mumkin. Endi ketgan futbolchilarga qarang: Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Azamat Allaniyozov, SHuhrat Muhammadiev, Eldor Suyunov, SHerzod Azamov, Ilhom Yunusov, SHohrux Gadoev. Deyarli hammasi milliy termaga nomzod futbolchilar. O'z vaqtida “Lokomotiv” Jasur Hasanovni, “Bunyodkor” Akmal SHorahmedovni kerak emaslar ro'yxatiga chiqarib tashlagan bo'lsa, Berdiev ularni yana kerakli figuraga qaytara oldi.

Termada nima qiladi?

U katta ehtimol bilan faqatgina 1 ta uchrashuvda murabbiylik qiladi, men bunda O'FFni tanqid qilish fikridan yiroqman. Katta ehtimol bilan rahbariyat Berdievning faoliyati qoniqarli bo'lgani uchun ham, unga etibor berishni lozim deb topgan.

To'g'ri, BAA bo'shagan o'ringa tezlik bilan Alberto Dzakkeronini olib keloldi, biz esa yo'q. Nega? SHuning uchunki, Amirlik termasida bunday tendenciya bir necha yillardan buyon davom etib keladi. Ularda necha yillardirki, top murabbiylar ishlaydi, buning uchun ajratiladigan mablag' borasida katta qiyinchilik yo'q. Biroq biz so'nggi yillarda bundan anchagina chiqib qoldik. Muxlislar Valeriy Nepomnyashiy yoki Vladimir Salkovni eslab qolgan bo'lishi mumkin. Biroq bugun shunga o'xshash murabbiy kelganidan ko'ra, Berdiev yoki SHkviringa o'xshash kimdir termani boshqargani yaxshiroq, men shunday fikrdaman.

TOP murabbiy deganda men Rossiya yoki Ukrainadan kimnidir olib kelishni tushunmayman. Ular nimani qoyil qilgandiki, biz ularni o'zimizdan ustun ko'rsak? Germaniya, Italiya, Gollandiya futbol maktablari havosini ko'rgan kimnidir juda xohlardim. Ammo ular bilan bir to'xtamga kelish oson ish emas. Ular uchun O'zbekiston kashf etilmagan makon, Skolari yoki Ziko ishlagan yillarga ham ancha to'ldi. Qolaversa, ular olishni istaydigan pul har qanday vaziyatda ham bizni o'ylantiradi. Bunday narsalarni o'zimizga ravo ko'rishda biz Qatar yoki Saudiya darajasida emasmiz, Yaponiya va Janubiy Koreyaga etish uchun anchagina bor. Demak, muzokara uzoqroq davom etishini to'g'ri tushunishim kerak deb bilaman. Bordi-yu, O'FF aytganimdek Rossiyadan kimnidir topib kelsa, tanqid qilish qochib ketmaydi. Masalan, “Paxtakor”ga dunyo tanigan SHota Arveladze kelgani, O'FF tepasida ham bu klubga begona bo'lmagan kishilar turgani inobatga olinsa, men ulardan ko'prog'ini kutaman.  

BAA bilan o'yin nega kerak?

O'ylaysizki, O'zbekiston mundialdan chetda qoldi, biz bemalol yangi yilni o'tkazib olib, keyin ishga kirishsak ham bo'ladi, shundaymi? Men O'FF rahbariyati shunday o'ylamaganidan quvondim. CHunki o'zim kamida 5 yil davomida o'rtoqlik o'yinlari masalasida, FIFA kunlaridan unumli foydalanish kerakligi borasida terma jamoalar markazini tanqid qilib keldim. Agar yangi rahbariyat bu narsaga etibor qilayotgan bo'lsa, demak, yaxshilikka. Masalan, BAA bilan 3-4 kunlik farq orasida Dohaga borib, Qatarga qarshi ham o'ynasak, ikki karra xursand bo'lardim. CHunki Ahmadjonov memorandumni qatarliklar bilan ham imzolagan, munosabatlarimiz yaxshi. Bugungi kunda BAA, O'zbekiston, Qatar kabilar deyarli bitta yo'riqqa tushdi, Suriya ham shular qatorida bor. FIFA kuni bormi, o'ynayverish zarar qilmaydi. Muhimi, o'sha kunlarga etibor bilan qarashni o'rganib olishimiz. Etibor bering, qanday darajaga olib kelishganki bizni, o'rtoqlik o'yini bor deyilsa, xayron bo'lib o'tiribmiz. Yo'q, endi boshqachasiga ishlaylikki, qaysidir FIFA kunida o'ynamay qolsak, xayron bo'laylik.

Aytaylik, xorijdan mutaxassis olib kelinsa, u yilda 1-2 marta bo'lsa ham kuchliroq terma bilan o'yin tashkil qilib berishlarini talab qiladi. Ukraina, Xorvatiya, Greciya, Islandiya kabilar bilan vaqti kelib muzokara kirishsak, ajablanmayman. CHunki xonada o'tirib olib, Argentina va Braziliyaga odnoklassnikidan xat yoziladigan davrni ortda qoldirdik, deb ishonmoqchi bo'laman.  

Mana endi savol: Berdiev emas, Abramov yoki Qosimov qaytishi mumkinmidi? Har ikkisi ham termada ishladi, ular haqida muxlislarning tasavvuri bor. Ko'rindiki, Qosimov klub miqyosida har qanday vaziyatda ham o'ziga kelib oladi, Abramov esa oldin top klubda - “Lokomotiv”da, keyin oddiy klubda - “Neftchi”da ishladi. Biridagi natijalari “Loko” rahbariyatini, ikkinchisi “Neftchi” rahbariyatini juda qanoatlantirib yubormadi. Milliy termada u yaxshi ishlaganini hammamiz bilamiz, biroq endi tushunib etganmizki, bizga baribir xorijdan tajribali kimdir kerak. Eng to'g'risi shu.

Minus tomoni

Men Berdiev kabi mehnati bor kishilarning klubdagi faoliyatini hurmat qilaman. O'z vaqtida Moyes “Everton”dan, Fergyuson “Yunayted”dan, Gvardiola “Barselona”dan, Klopp “Borussiya”dan ketganida shunchaki achinganman. CHunki ular katta mehnat qilgan. Berdievni ular bilan solishtirmoqchi emasman, biroq u ham 1 ta klub uchun katta mehnat qildi. Jamoasi bitta relsga tushib olgan bir vaqtda, endi uni sarson qilishlari biroz g'alati. Qarang, “Nasaf” 7 ta o'yinda yutdi, bunda 20 ta gol urdi, darvozasi dahlsizligini saqlay oldi. Masalan, Berdiev termadan qaytib kelganidan keyingi “Nasaf”dagi ilk o'yindayoq qoqilsa, bunga sabab qilib ko'rsatishga arzigulik kamida 1 ta narsa bor - terma jamoa.

Biroq bizdagi ko'plab mutaxassislar baribir bosh jamoaga yo'q deyolmaydi. CHunki biz Angliya yoki Ispaniya emasmiz. Qosimov 2 marta issiq o'rnidan chaqirib olingan, endi esa Berdiev. Ammo yaxshi tarafi ham bor, “Nasaf” ustozi bilan rasmiy shartnoma yo'q, “Nasaf”ni tashla degan bosim bo'lmagan. Demak, bir vaqtning o'zida ikki tomonga qaraydi. SHunchaki, termani anchayin yangilab, BAAga olib boradi. Vaqti kelib “Nasaf” Berdiev boshqaruvida chempion bo'la olsa, o'rnak qilib ko'rsatishga arzigulik kimidir bo'ladi. U plankani keyin o'sha daraja bilan oladigan bo'ladi.  

Mirjalol Qosimovning olimpiya termasini qabul qilib olishi mumkinligi haqidagi xabarga ham shu erda izoh berish mumkin: shaxsan men buni oqlamagan bo'lardim. Qosimov ikki marta “Bunyodkor”ni tashlab ketdi va har ikkisida ham klub uning natijalarini takrorlay olmadi. Boboevlar tayyor jamoaning sal qolsa rasvosini chiqarishi mumkin edi. Nega oqlamasligimni esa tushuntiraman.

Xulosa

Men klublar kuchayishi va shuning fonida terma jamoa oldinga qadam tashlashini to'g'ri deb bilaman. Zamonaviy futbolda, kuchli beshlikda shunday. Aslida avvalgi rahbariyat termani kuchaytirish uchun klublarni “qurbon” qilish yo'lidan yurgani uchun ham biz shu ahvolga kelib qoldik. Samvel Babayanning ham shunday falsafasi uchun yoqtirmaganman, aqlli mutaxassis bunday qilmasdi, deb bilaman. SHaxsiy fikrim shunday, Berdiev Qarshi, Qosimov Toshkent klubini kuchaytirgani yaxshi. Bu erda Arveladze “Paxtakor”ni, Baqoev “Buxoro”ni, Abramov yanada kuchiroq klubni, yana kimdir boshqa birini kuchaytiraversin, raqobat oshsa chempionat o'sadi, kuchli chempionatdangina saviyali futbolchilar etishib chiqadi. Biz o'zimizcha termani kuchaytirmoqchi bo'lib, eng so'nggida rasvo natijalar ko'rsatib tashladik. Etmaganidek, Oliy Liga klublari shu qadar nimjonlashdiki, Osiyo CHempionlar Ligasida guruhdan chiqa olmasligimiz oddiy bir holga aylandi, biz shunga ko'nikib ketdik. 2008-2009 yilgi derbilar, dahshatli kurashlar so'nib qoldi.

Nima demoqchi ekanimni tushundingiz. SHov-shuv ko'taradigan, xayron qoladigan hozircha hech narsa yo'q. 1 ta o'yin va o'sha 1 ta o'yinga navbati bilan o'zini ko'rsatayotgan mahalliy mutaxassis chaqirildi. Qolganini keyin gaplashamiz.

Muallif :
Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика