So’nggi yangiliklar

01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:25А Серияда чемпионлик масаласи ҳал бўлмоқда: "Интер" ёки "Наполи"  13 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  1 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  73 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Tarkibda sezilarli o'zgarishlar bo'lish ehtimoli katta" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tarkibda sezilarli o'zgarishlar bo'lish ehtimoli katta"

Kutilganidek, “Nasaf” ushbu mavsumni ham uchinchi o'rinda yakunladi. Lekin bunga erishish uchun ular anchagina ter to'kdilar.
Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev jamoani bir maqsad yo'lida birlashtirgani ham muhim ahamiyatga ega. SHu sababli ham jamoaning erishayotgan natijalarida uning mehnatlari katta. Qolaversa, har yili yangi iqtidor egalarini kashf qilmoqda. Mehnatiga yarasha natija ko'rsatayotgani ham etiborga molik. Umid qilamizki, u bilan suhbat sizni befarq qoldirmaydi. CHunki bir qator qiziqarli va dolzarb masalalarni o'rtaga tashladik.

- “Nasaf” doimgidek barqarorligini saqlab qoldi. Natijada sakkizinchi bronza medaliga ega bo'ldi. Siz esa klubning barcha erishgan natijalarida qatnashgansiz. Albatta, har bir vazifani bajarishda o'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ladi. Lekin qo'lga kiritilgan qaysi bronza o'ta mashaqqatli bo'lgan deb ayta olasiz?
- Mashaqqatlisi nazarimda bu yilgisi bo'ldi. Negaki, o'tgan yili ham bronzaga ega chiqqanimizdan so'ng bu yil ham undan past ko'rsatgich qayd etmasligimiz kerak edi. SHuning evaziga bu yil uchinchi o'rinni egallash ancha qiyin bo'ldi. Baribir asosiy maqsadimizga erishdik. Bunga barqarorligimiz tufayli ham sazovor bo'ldik. To'g'ri, futbolchi sifatida ham bronzalarni yutganman. Lekin murabbiy sifatida aynan bu yilgisi bir muncha og'ir mehnatlar evaziga erishildi.



- 8 marta bronza medallariga ega bo'lish ham bu yaxshi ko'rsatgich. Lekin hadeb uchinchi o'rinni egallayverish natijasida majoziy manoda aytganda bronzani yutaverib “to'yib” qolmadimikin?
- (Kuladi) Albatta, ushbu sovrin ham aslida yomon natija emas. Jamoa har doim yuqori o'rinlarni maqsad qilib keladi. Lekin u yog'iga nimagadir kuchimiz etmayapti. Bilasiz, “Nasaf” 2011 yili kumush medalni ham qo'lga kiritgan. Asosiy vazifamiz jamoa barqarorligini saqlab qolgan holda o'z o'rnini yo'qotmasligi lozim. Aynan shunga harakat qilib ishlayapmiz va bu yomon natija bermayapti. Terma jamoalar uchun munosib futbolchilarni tayyorlash ham bizning muhim maqsadlarimizdan biridir. O'ylaymanki, bu boradagi vazifani ham jamoamiz uddalab kelmoqda. Balki muxlislarimiz bizdan yanada kattaroq yutuqlarni kutishayotgandir. Lekin hozircha bunga erisha olmayapmiz. Birinchi o'rin yoki Kubokni yutishimizni istashayotganlar nihoyatda ko'p. Albatta, bu davrlar ham keladi. Hozir esa kelajak uchun zamin yaratib boryapmiz.

- Kimga qanaqa bilmadimu, “Nasaf” uchun bronza oliy darajadagi maqsad bo'lib qolyapti va unga erishmoqda. Bosh murabbiy sifatida bu holatga qanday fikr bildirasiz?
- Bu holat haqida nima deyishim mumkin? Boya “Nasaf”ning bronzalari ko'payib ketdi degan gapni aytib o'tdingiz. To'g'risini aytsam, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda ushbu natijalarimiz bizni ham qoniqtiryapti. Klub oldiga boshqacha yo'lni tanlagan. Yani, iqtidorli yoshlarni o'stirish va terma jamoalarga etkazib berish. Klubning oldingidek katta imkoniyatlari yo'qligi uchun ham shu yo'lni tanlaganmiz. Bilaman, katta yutuqlarga erishish uchun har bir murabbiyga alo darajadagi futbolchilar kerak bo'ladi. Lekin hozirgi kunda bunday sharoitga qodir emasmiz. SHuning uchun imkoniyatimizga qarab oldimizga vazifa qo'ymoqdamiz.

- Ko'rpaga qarab oyoq uzatyapmiz deng..

- Ha, xuddi shunday.

- U holda “Nasaf”ning 100 foiz chempionlik uchun kurashayotganini qachon ko'ramiz?

- Bu faqatgina murabbiylarga yoki futbolchilarga bog'liq emas. O'zingiz ham yaxshi bilasiz, oltin medalga kurashish uchun jamoa har tomonlama tayyor bo'lishi lozim. Moliyaviy, tashkiliy jihatlardan ham etuk bo'lmog'i talab etiladi. SHunga qarab o'yinchilarni tanlash kerak. Umid qilamanki, hali shu kunlarga ham etib kelamiz. Hozir esa yoshlarimizning tajribalarini oshirib boraversak, vaqti kelib bizda ham shunday imkoniyat bo'ladi.



- “Nasaf”ning erishayotgan natijasiga diqqat bilan etibor bersak, u so'nggi lahzaga kelibgina bronzaga egalik qilayotgani yo'q. Har yili jamoangizning chempionlik uchun kurashda yaxshigina imkoniyati borligini ko'ramiz. Lekin oxiriga borib bronza bilan kifoyalanib qolmoqda. Doim favoritlar qatorida tilga olinadi. Aytmoqchimanki, klub uchinchi o'ringa ko'tarilmayapti, aksincha ushbu o'ringa tushib qolyapti.
- Barqarorligimizning asosiy sababi shuki, infratuzilmamiz yaxshi sharoitda. Keyin eng muhim narsa shuki, jamoamizda ajoyib muhit yaratilgan. Futbolchilarga nimani talab qilayotganimizni tushuntirib boryapmiz. Ular bilan doim bir maqsad yo'lida birlashyapmiz. Erishayotgan natijalarimizga sabab aynan shu bo'lmoqda. Agar yanada kattaroq maqsad uchun kurashadigan bo'lsak, unda bizga mahoratli o'yinchilar zarur. Bunday o'yinchilar har bir murabbiyga kerak. Lekin imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda ish yurityapmiz. Kuchli futbolchilarni yig'ish, bundan-da kuchli jamoaga egalik qilishni men ham xohlayman. Lekin hozir bunga imkoniyatimiz etmaydi. Qolaversa, oxirgi paytlarda bizni qiynayotgan muammo shuki, tarkibimizda bir xil saviyadagi futbolchilar etarli darajada emas. Etibor bergan bo'lsangiz, bu yil deyarli 15 nafar o'yinchimiz asosiy tarkibda o'ynashdi. Zaxiramiz esa sal kuchsizroqdek. Asosiy tarkibdan kimdir jarohat olib yoki boshqa sabab bilan o'ynay olmasa, bu keyingi uchrashuvda bizga muammolar keltirib chiqaryapti. Agar ikkita teng kuchli tarkibga ega bo'lganimizda ishlarimiz bir muncha engillashgan bo'lardi.

- Har bir murabbiyga yaxshi futbolchilar kerak deya to'g'ri gapni gapirdingiz. Bu hozirgi zamon talabi bo'lib qoldi. Murabbiylar imkoni qadar saviyali o'yinchilar bilan ishlashni istashmoqda. Buning oqibatida murabbiylar futbolchilar bilan iltimos tariqasida ishlayotgandek tasavvur paydo bo'lmoqda.
- Ikkalasi bir-biri uzviy bog'lagan holda ish olib borishlari lozim. Bu qanday vazifa qo'yilishiga bog'liq. Agar rahbariyat katta maqsadlarni qo'ysa, albatta shunga yarasha futbolchilarga extiyoj seziladi. Tabiiyki, murabbiy ham shunga yarasha bo'lishi kerak. Lekin bugungi futbol shuni ko'rsatyaptiki, har qanday murabbiyga ham baribir kuchli futbolchilar zarur. Masalan, Karlo Anchelotti, Joze Mourino yoki Lui Van Gall jahonning eng kuchli murabbiylari sanaladi. Ular ham kuchli futbolchilarga egalik qilishni istashyapti. Bunday o'yinchilar esa murabbiyning ishini engillashtiradi. Yoshlarga tinmasdan uqtiradigan gaplarni kuchli futbolchilarga ko'p ham aytavermaysiz. Ular darhol tushunishadi. Murabbiy qanchalik kuchli bo'lmasin, qo'yilgan maqsad oliy bo'lsa, unda albatta o'sha mutaxassisga ham kuchli ijrochilar shart.



- O'tgan yilning dekabr oyida siz bilan Qarshida ko'rishgandik. O'sha suhbatdan ko'p o'tmay O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgansiz. Bu safar ham uchinchi o'rinni egalladingiz va bu safar ham ana shu yutuqqa erishishingizga ishonasizmi?
- Muxlislar va jurnalistlar kim eng yaxshisi ekanligini aniqlashadi. Asosiy maqsadim hech qachon eng yaxshisi unvoniga erishish bo'lmagan. Har qanday holatda ham o'z yo'nalishimizda ishlab, futbolchilarning kamol topishida o'z hissamizni qo'shish. O'ylaymanki, bunga erishdik. Ammo hozirgi vaziyatda eng yaxshi murabbiy bo'lish haqida o'ylayotganim yo'q.

- O'zingizga qolsa, qaysi murabbiyni eng yaxshisi deya aytgan bo'lardingiz?

- Bizda yaxshi murabbiylar ko'p. Bu yil yosh yoki tajribali mutaxassislarimiz o'zlarini yaxshi tomonda ko'rsata oldilar. Oddiy qilib aytganda, hurmatga loyiq va o'z vazifasni sidqidildan bajaradigan murabbiylarimiz ko'p. Ularning xar biri bunga munosib.

- Sizning “topilmalaringiz”dan biri Farrux Sayfiev bo'ldi. Ko'pchilik uni terma jamoada to'p surishini kutmagandi. Uning kashf etilishi ham bevosita sizga bog'liq bo'ldi. Yangi yosh o'yinchilarning terma jamoada o'ynaganidan keyin klubga qaytgach unda qandaydir o'zgarishlar sezilishi mumkin. Yani, yurish-turishini nazarda tutyapman. Bunday holatni sezmadingizmi?
- Yosh futbolchilarda bu narsa ozgina bo'lsa-da yuz berishi mumkin. Farruxni yaxshi bilaman, uning aqli joyida. Ajoyib o'yinchi bo'lib etishish uchun nimalar qilish kerakligini u biladi. Boshida “Nasaf” safida to'p surishni boshlaganida kamchiliklar ko'p edi. Aslida hozir ham uning o'yin tomonidan muammolari etarlicha. Etuk futbolchi bo'lishni istasa, hali ko'p ishlashi kerak. Lekin o'shanda Sayfievni maydonga tushirganimda qarshiliklar ham bo'ldi, kimgadir bu ishim yoqmadi. Ammo uni tirishqoq va mehnatkashligini bilardim. Farruxning albatta terma jamoaga ham yordami tegadi. Mirjalol Qosimov uni bejizga asosiy tarkibda tushirayotgani yo'q. Aqli bilan mehnat qilishni yaxshi biladi. Har doim murabbiylarning taktik usullariga mos tushadi. CHunki u shoshma-shosharlik bilan emas, balki hamma narsani obdon o'ylab harakat qiladigan futbolchi.



- Sayfievni boshida asosiy tarkibga kiritayotganingizda shunday gaplarni eshitgandimki, u o'ynaydigan poziciyada boshqa futbolchi yo'q. SHu bois Berdiev uni boshlang'ich tarkibga kiritishga majbur bo'lmoqda degan gaplar bo'lgandi.
- Ha, bu to'g'ri. O'zimga ham ushbu masala bo'yicha ko'plab savollar berishardi. Lekin uning imkoniyatini yaxshi bilardim. SHu bois qo'rqmasdan maydonga tushiraverganman. Sayfiev o'zini oqladi deb o'ylayman. Ammo baribir raqobat bo'lishi kerak. Bilasiz, u SHaxrux Gadoev bilan bitta chiziqda o'ynaydi. Biroq jarohat olgach, Farruxga ko'proq imkoniyat berishni boshladim. Yangi mavsumdan raqobatni yanada kuchaytirishimiz kerak. Aks holda o'sish qiyin bo'ladi.  

- Ilhom Yunusovning klubdan ketishi haqidagi malumotlarga qanday javob berasiz?
- Ko'plab o'yinchilarimizning shartnomalari tugagan. Ularni olib qolish rahbalarga bog'liq. Hech kimni majbur qilib o'ynata olmaysiz. Bizning yigitlarimizga “sovchi”lar bo'lishi tabiiy hol. Rahbarlar bilan gaplashaman va chindan ham keyingi yilga maqsad jiddiy bo'lsa, etakchilarimizni olib qolishga harakat qilamiz.

- Artur Gevorkyan masalasida nima deya olasiz?
- O'yinimiz asosan Gevorkyanga bog'liq. Hozir aytganimdek, etakchilarni jamoamizda saqlab qolishga urinib ko'ramiz.   

- Nima bo'lgan taqdirda ham keyingi yilda tarkibda sezilarli o'zgarishlarni ko'ramiz ekan-da?
- Ha, buning yuz berish ehtimoli ko'proq.

- Unday bo'lsa, ko'z ostingizga olib qo'ygan futbolchilar ham bormi?
- Albatta, safimizda ko'rishni istayotgan futbolchilarimiz bor. Buni faqat rahbarlar bilan hal qila olamiz.



- Keyingi mavsum uchun qanday rejalar tuzildi?
- SHu oyning oxirida tibbiy ko'rikdan o'tishadi va 10 dekabrdan tayyorgarlikni boshlaymiz. Ungacha OCHLda nechta klub qatnashishi malum bo'lib qolsa kerak. Qolganini shunga qarab rejalashtiramiz.

-“Nasaf”ning saralash bosqichida qatnashish ehtimoli bor...
- To'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida o'ynashni xohlardik. Oltita o'yin o'tkazib natija qanday bo'lishini bilmaymiz, lekin bu orqali jamoamiz katta tajribaga ega bo'lgan bo'lardi. Yurt shanini munosib himoya qilishimiz lozim.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика