So’nggi yangiliklar

21:34Футзал. Олий лиганинг 5-тур баҳсларига старт берилди  0 21:01"Қўқон-1912" икки 20 ёшли футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:44Неймар ва "Ал Ҳилол" шартномани бекор қилишни хоҳлаяпти, аммо бразилиялик 65 млн. доллардан воз кечмоқчи эмас  4 19:59Карло Анчелотти мавсум охирида кетади  12 19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   38 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  7 18:27"Қўқон-1912" навбатдаги йиғин учун Тожикистонга етиб борди  2 18:05"Наполи" "Ювентус" сардорини ўз сафига қўшиб олади  0 17:28Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Хоразм" нурсиз дурангга имзо чекди  2 16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  1 16:25Маъносиз йиғин  30 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  1 15:34"Зенит" Бразилия термаси ҳужумчисини ўз сафига қўшиб олади  2 15:15Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритган учрашув галереяси   0

Ro'ziqul Berdiev: "O'yinchi ruhiy tomonlama tayyor bo'lishi kerak" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'yinchi ruhiy tomonlama tayyor bo'lishi kerak"

"Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.
"Avvalo muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ular stadionni xursand holda tark etdilar. Raqibimiz esa mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri edi. Futbolchilarimizning bugungi g'alabaga bo'lgan ishtiyoqlari katta yordam berdi. Bugungi g'alabamiz matbuot kotibimiz Aziz Nuriy uchun (kuladi)", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Gol urguniga qadar "Nasaf" juda ko'p hujum qilayotgan edi, goldan so'ng orqaga yotib olgandek bo'ldi. Qarasa "Bunyodkor" tashabbusni qo'lga olyapti, keyin yana hujum qilishni boshlagan edi o'yin o'zgardi. Yigitlar tezkor goldan shoshib qoldilarmi?
- Bu psixologiyaga bog'liq. Hisobni ochib olganimizdan so'ng futbolchilar o'z-o'zidan himoyaga etiborni qarata boshladilar. Keyin qarshi hujum qila boshladilar. Ammo o'yinni o'zgartira oldik.

- Farrux Sayfiev ko'p xato qilayotgandek emasmi?
- Aksincha, siz uni to'p bilan emas, to'psiz ishlashini ko'ringlar. Odatda futbolchini to'p bilan qilgan muomulasiga qarab baho beriladi. Ammo u raqib futbolchilarini chalg'itish va raqibga imkoniyat bermaslik borasida foydasi katta. Ayni paytda uning jamoaga tegayotgan foydasi katta.

- Gadoev qachon safga qaytadi?
- Yana ikki oycha vaqt bor.

- Bugunga kelib ikki nafar futbolchi MTJdan chaqiruv oldi. Lekin bu bilan to'xtalib qolmasdan, o'yinchilarimizni yanada kattaroq saviyaga chiqarishimiz kerak. Bunga nima deysiz?

- Bu avvalo futbolchining o'ziga bog'liq. O'yinchi ruhiy tomonlama tayyor bo'lishi kerak. Men MTJga chaqirildim deb ishlashni tashlab qo'ymasligi kerak. Biz esa ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatishimiz kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика