Ro'ziqul Berdiev "Obod" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvi kelishilgan deganlarga javob berdi
08 okt 2017 13:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/281765_original.jpg)
![](/upload/storage/281765_220.jpg)
Ro'ziqul Berdiev "Obod" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvi kelishilgan deganlarga javob berdi
- Kuni kecha PFL saytida "Obod" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvi kelishilgan deb gumon qilingani haqida xabar chiqdi. Bunga "Nasaf" murabbiyi sifatida qanday izoh berasiz?
- Qaysi jamoa nima qilganini o'sha kompaniya biladi. Ularda tegishli malumot bo'lsa kerak. Bu erda "Nasaf"ning hech qanday aloqasi yo'q. Biz bunday o'yin o'ynamaganmiz va o'ynamaymiz ham.
Agar shunday o'yin bo'lganida hisob bunday bo'lmasligi mumkin edi. To'g'rimi? Ularga 6:0 nimaga kerak? Biz maydonga tushdik va o'z o'yinimizni o'ynadik. Bu erda "Nasaf"ni yoki "So'g'diyona"ni aloqasi bo'lmasa kerak. O'sha kompaniyaga kimlar chiqqanini, qanaqa o'yin qilgani faqat ularga ayon. Lekin men ishontirib aytamanki bunga "Nasaf"ning hech qanday aloqasi yo'q. Uyoqda nima bo'ldi bizga qorong'u", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar