Ro'ziqul Berdiev: “Obod” - himoyada juda tartibli o'ynaydigan jamoa”
22 apr 2017 22:43
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Obod” - himoyada juda tartibli o'ynaydigan jamoa”
- Biz bugun ko'plab golli vaziyatlar yarata oldik. Ammo buning bittasidan foydalandik. “Obod” jamoasi har doimgidek bugun ham himoyada juda tartibli o'ynadi. Ularning keyingi o'yinlarini o'rganib chiqqanimizda shu narsaga guvoh bo'ldikki, jamoaning himoyasi juda yaxshi shakllangan. Ular faqat standart vaziyatlarda gol o'tkazishgan. Bugun ham ular o'z o'yinlarini ko'rsatishdi, yani himoyada juda yaxshi o'ynashdi. Eng muhimi g'alaba qozondik, biz buni juda hohlagandik.
SHaxboz Erkinov etishmayapti? To'g'ri, SHaxboz Erkinovda gol urish qobiliyati yuqori, u golni seza oladi yoki jamoadoshini gol urish uchun qulay vaziyatda to'p bilan taminlay oladi. U keyingi paytlarda CHeran bilan tandem yaratgandi. Afsuski, uning jarohati bizga pand bermoqda, - deydi Ro'ziqul Berdiev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar