Ro'ziqul Berdiev: "Neftchi" o'z uyida bunday hisobda yutqazishini to'g'risi kutmagandim"
26 mar 2016 20:07
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Neftchi" o'z uyida bunday hisobda yutqazishini to'g'risi kutmagandim"
"Bugungi o'yin ajoyib o'tdi. G'alabaning asosiy omili o'yinni yaxshi tashkil qildik va raqibga nisbatan taktikadan ustunlik qildik. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimizni oshirdi. "Neftchi" bunday hisobda yutqazishini to'g'risi kutmagandim. Balki bugun omad bizga kulib boqqandir. Muxlislar doim o'z jamoasiga sodiq qolishi kerak, ular bizni qo'llab turishdi bundan xursandman.
Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev va SHarof Muhiddinov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida yig'inda qatnashmoqda. Maqsud Karimov jarohat olgan, Eldor Suyunov va Artur Gevorkyan terma jamoalar safida. Saydulla Rahmatov yaxshi o'ynamoqda, lekin hali o'z ustida ishlashda davom etishi kerak. O'tkir Yusupovning bugungi o'yini bilan uni yomon darvozabon deb atash to'g'ri emas. U yaxshi posbon, shunchaki bugun o'yini chiqmagandir. Yusupov ham mahoratli posbon", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar