So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor"ga qarshi o'yinda rejamiz ish berdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor"ga qarshi o'yinda rejamiz ish berdi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.


"Bugungi o'yinda birinchi navbatda, bosimni engishimiz kerak edi, chunki Namanganda muxlislar tomonidan bosim juda katta bo'ladi. Bundan tashqari, Superkubok bahsida yutqazdik, shu bois yigitlarni ko'proq ruhan tayyorlashga urindik. 

Bugun ikkala jamoa ham yaqqol golli vaziyat yarata olmadi, faqat uzoqdan zarbalar bo'ldi, xolos. SHu bois ikkala jamoa bugungi natijadan qoniqqan bo'lsa kerak. 

"Navbahor"ga qarshi o'ylagan strategiyamiz bizga qo'l keldi. Biz uch nafar yaqqol himoyachi bilan o'ynadik. Rejamiz "Navbahor"ga noqulaylik tug'dirdi, bu maydonda ochko olish oson emas. Natijadan qoniqdik deya olaman. 

O'yinimizni tashkil qilishda muammolar yo'q, ammo vaziyatlar yaratadigan va gol uradigan futbolchi bo'yicha qiynalyapmiz. Bizning asosiy taktikamiz 4-3-3, bu taktikada Bozorov, Nurulloev o'ynaydi. Ammo Superkubokda shu taktikada o'ynadik va o'yinimiz u qadar yaxshi chiqmadi. SHu bois bugun taktikani o'zgartirdik, Turkiyada "Navbahor" vakillari barcha o'yinimizga borishdi va obdon o'rganishdi. Taktikani o'zgartirganimiz "Navbahor"ga qiyinchilik tug'dirdi. 

SHarof Muhitdinov betob bo'lib qolgani bois qaydnomaga kiritilmadi. 

"Navbahor" juda katta ishlarni amalga oshirmoqda, maqsadlari ham yuqori. Tarkibga 10 dan ziyod yangi futbolchi qo'shib oldi, bu o'yinchilarni bir jamoaga aylantirish uchun biroz vaqt kerak. 

"Navbahor" o'yinini shakllantirib olsa, OCHL va sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan asosiy jamoalardan biri bo'ladi", – dedi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика