So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo'qotishlar va Ramazon sharoitida mashg'ulotlar haqida gapirdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo'qotishlar va Ramazon sharoitida mashg'ulotlar haqida gapirdi

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev championat.asia sayti muhbiri Tolibjon Qosimov bilan suhbatda bir qator savollarga javob berib o'tdi.

"Nasaf"ning tayyorgarligi va yo'qotishlar

"Kuniga bir mahaldan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Jamoaning kayfiyati yaxshi, yigitlar o'yinga tayyor, ularning ishtiyoqi, ruxiy tomonlama tayyorgarligi ham joyida. Yigitlar faqat va faqat ijobiy natija uchun bor kuch-mahoratni beradi. Jamoa safidagi yo'qotishlar haqida gapirsam, Nasrullaev va G'aybullaev safimizda emas. Qolgan futbolchilar esa o'yinga tayyor.

Mashg'ulotlar faqat 1 mahal o'tkazilishi sababi Ramazonmi?

"Jamoada ko'pchilik Ramazon oyida ro'za tutishmoqda. Bu ham bir sabab. Ikkinchidan, OCHLda o'yinlar orasi juda yaqin. Uu sababli bir mahal mashg'ulot qilamiz. Qolaversa, bu erdagi ob-havoni hisobga olishimiz kerak. Ikki mahallik mashg'ulotlar yigitlarni toliqtirib qo'yishi mumkin.

Ikkita yo'qotishni qanday to'ldirmoqchi?

Nasrullaevning yo'qligi bizga katta muammo bo'lishi mumkin, chunki u jamoamiz etakchisi. G'aybullaev avvalroq jarohat olgandi, uning o'rnida Husniddin va Umar harakat qilmoqda. Bizda albatta rejalar bor, bundan imkon qadar foylalanamiz. Balki o'rnini almashtirarmiz, balki taktikani o'zgartiramiz. Albatta o'zimizning ichki imkoniyatimizdan kelib chiqamiz. 


"Nasaf"dan kutilmagan taktik sxema bo'ladimi?

Sxemani tanlashda ko'p narsani, jumladan raqib o'yinchilarning imkoniyatini ham hisobga olishimiz kerak. Biz barcha jihatlardan kelib chiqib, o'yinga tayyorlanamiz. 

Ko'p gol uradigan raqibga qarshi tayyorgarlik

"Al Sadd" albatta kuchli raqib hisoblanadi. Kuchli futbolchilarga ega jamoa. Qanday hujumkor va tezkor o'ynashini yaxshi bilamiz. Buni yigitlarga ham tushuntirdik. O'z imkoniyatimizdan foydalanishimiz kerak. Ularga qarshi tartibli, aql bilan. barchasini hisobga olgan holda o'ynashimiz kerak. Ular hujumkor o'ynashadi. Biz esa ularning kuchsiz tomonlaridan foydalanishimiz lozim bo'ladi 




Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика