So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Ro'ziqul Berdiev: “Nasaf”da ruhiy tushkunlik bor, Rashidov esa jamoamizni tark etadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Nasaf”da ruhiy tushkunlik bor, Rashidov esa jamoamizni tark etadi"

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bugun mag'lubiyatga uchradik. Bunga sabab, jamoamizda ruhiy tushkunlik bor. SHuningdek bugungi o'yinda jismonan tayyormasdek o'ynadik. To'g'rirog'i, oxirgi paytda vujudga kelgan muammolar tufayli, futbolchilarimizdagi ishtiyoqni oshirishga ham qiynalayapmiz. Bugun sust harakat qildik, go'yoki futbolchilarimiz toliqib qolgandek. Ammo bari-bir ularga etiroz bildirmayman. Vaziyatni o'nglash uchun harakat qilishdi. Takidlash joiz, “So'g'diyona” jamoasi bugun himoyada yaxshi o'ynadi va qarshi hujumlardan foydalana oldi. Bizning bugungi o'yinga tuzgan rejamiz shunday ediki, standart vaziyatlardan ko'proq foydalanish va etakchi o'yinchilarimizning  tajribasidan foydalanish edi. Afsuski bu rejamiz amalga oshmadi.

SHuni alohida takidlashni istardim hozirgi muammolarimiz o'z yo'liga, ammo biz maydonga tushdikmi, g'alaba uchun harakat qilishimiz kerak. Bizdan muxlislarimiz shuni kutishadi.  

Sanjar Rashidov bilan og'zaki kelishuvga erishdik, u jamoamizni tark etadi. Afsuski, Rashidov jamoamiz o'yiniga kirishib keta olmadi. Ko'proq zaxirada qolib ketgani, uni ham bizni ham qoniqtirmaydi. Bu yoshdagi futbolchi o'yini qovushadigan jamoada faoliyat yuritgani maqulroq.

Dragan CHeran “Lokomotiv” bilan bo'lgan uchrashuvda qayta jarohat olgandi. U shu paytgacha davolanish bilan band bo'ldi. Hozir mashg'ulotlarni boshlagan, o'ylaymanki, keyingi o'yinlarda u bizga yordam bera oladi.


Jasur Hasanov: - Biz bugungi o'yinga yaxshi tayyorlangan edik. O'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi. Nachora, bu futbol futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Biz endi bu mag'lubiyatni tezroq unutishimiz va keyingi o'yinlarga ruhan tayyor bo'lishimiz talab etiladi. Ishonamanki, jamoadoshlarim kelgusi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga tushishadi. Biz bu mag'lubiyatdan fojea yasamasligimiz kerak.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика