So’nggi yangiliklar

23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  1 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  7 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  49 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" hozir "Paxtakor" darajasiga chiqib bo'ldi. Poytaxt klubi ayrim futbolchilarimizga "sovchi" bo'lib kelmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" hozir "Paxtakor" darajasiga chiqib bo'ldi. Poytaxt klubi ayrim futbolchilarimizga "sovchi" bo'lib kelmoqda"

O'zbekiston Coca-Cola kubogining "Navbahor" - "Nasaf" (1:2) final uchrashuvidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ruxsat bersangizlar, bugungi final uchrashuvini ajoyib tarzda tashkil etib bergan barcha tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. SHuningdek, barcha sharoitlarni yaratib bergan "Buxoro" futbol klubi mutassaddilariga ham alohida rahmat aytaman. Bugungi qo'lga kiritilgan g'alaba va O'zbekiston kubogi bilan klubimiz vakillari va jamoamiz muxlislarini tabriklayman. 

O'yinga keladigan bo'lsak, biz birinchi bo'limda yaxshi va sifatli futbol namoyish etdik. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga qadar ham shu darajani ushlab tura oldik. Ammo, o'sha golli vaziyatdan so'ng o'yinimizda pasayish ko'zga tashlandi. Qo'shimcha bo'limlarda yigitlar o'zlarida kuch topa olishdi. G'alabada har bir futbolchimizning o'rni muhim bo'ldi. Takidlash joiz, bugun ishonib maydonga tushirgan yosh futbolchimiz ham ajoyib tarzda harakat qildi.

- Ro'ziqul aka, avvalo g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugun "Nasaf" birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi. Ikkinchi bo'limdagi ustunlik ko'proq "Navbahor" tomonida bo'lgandek ko'rindi. Namanganliklar gol urishdi va qo'shimcha bo'limlarga ruhiy ustunlik bilan chiqib ketishgandi. Ammo, qo'shimcha bo'limlardagi ustunlik yana "Nasaf" tomoniga o'tdi. Bu g'alabaning asosiy omili bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, to'g'ri takidladingiz, biz birinchi bo'limda sifatli futbol namoyish etdik. Ikkinchi bo'limda ustunlik raqib tomoniga o'tgandek bo'ldi. Biz yana shu jarayonga duch keldik, gol ursak, hisobni saqlab qolishga o'ynayapmiz. Bu borada yigitlarga ko'rsatma bergandik. Ammo, yana shunday o'ynadik va gol o'tkazdik. Qo'shimcha bo'limlarda jismoniy imkoniyat juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zingiz ham aytganingizdek, biz qo'shimcha bo'limlarda yana ustunlikka ega bo'ldik. Zaxiradan 2 nafar futbolchini maydonga tashlaganimiz o'yinimizga tezlik qo'shdi.

- Kubok finallarida oq rangli bosh kiyim (kepka)da bo'lasiz. Bu qandaydir omad keltiruvchi irim bilan bog'liqmi?

- Birinchi kubokni qo'lga kiritganimizda ham oq rangli bosh kiyimda edim. Bunda o'zimni qulay his qilaman. Ko'plar buni omad keltiruvchi deb ham aytadi. Ammo, bugungi g'alabaga bosh kiyimning aloqasi bor deb o'ylamayman.

- Ro'ziqul aka, Superliga doirasidagi matbuot anjumanlarida Lima Kruz transferi o'zini oqlamayotgani haqida aytib o'tgandingiz. Bugungi g'alabadan so'ng ushbu transfer "Nasaf" uchun muvaffaqiyatli chiqdi deb hisoblasa bo'ladimi?

- Albatta, bugungi g'alabada asosiy ishni shu Lima Kruz bajardi. U jamoamizga dastlab kelganida jismoniy imkoniyati yaxshi emasdi. Buni o'zi ham aytib o'tgan. Asta-sekinlik bilan biz uni jamoaga moslashtirib borayapmiz, bugun u hal qiluvchi pallada gol urib jamoamizga g'alaba keltirdi. 

O'tgan mavsumda Kaledurovich transferi ham shu kabi savollarni tug'dirgandi. Men o'shanda undan 20 ta gol kutmayotganimni, hal qiluvchi pallalarda jamoamizga foydasi tegishi zarurligini aytgandim. Ko'rgan bo'lsangiz, o'shanda u yarim finalda gol urib jamoamizni finalga chiqishiga hissa qo'shgandi.

- "Nasaf"ni qaysidir manoda xuddi "Liverpul"ga qiyoslash mumkin. Jamoa atrofdagi sovrinlarni yutadi, ammo chempionlik yo'lida nimadir yuz berib qoqiladi. Hozir "Nasaf"da Superliga chempionligi uchun eng yaxshi imkoniyat bor deb hisoblasak bo'ladimi?

- Biz hozir barchamiz shuni kutayapmiz. Oliy maqsadimiz Superliga g'olibligiga qaratilgan. Yigitlar bilan gaplashib oldik, biz hozirdanoq "Dinamo" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur.

- Ro'ziqul aka, "Nasaf" tarkibida maydonga chiqqan har qanday futbolchi juda yaxshi harakat qiladi. Yoshmi, yoshi bir oz kattaroqmi, jamoa safida birinchi bor maydonga tushsa ham xuddi 10 yildan beri "Nasaf"da o'ynayotgandek taasurot uyg'otadi. Buning siri nimada?

- Futbolchilar bilan mashg'ulotlarda ishlaymiz, alohida suhbatlashamiz. Ruhan tayyor bo'lsa, maydonga tushiramiz. Jamoamizga kelgan har bir futbolchi "Nasaf"dagi talabni biladi.

- "Nasaf"ni har yili etakchi futbolchilar tark etishini bilamiz. Bu yilgi tarkibning o'zagi saqlab qolinadimi?

- Mendagi asosiy boshog'riq muammolardan biri ham shu aslida. Eshitishimizga qaraganda "Paxtakor" ayrim futbolchilarimizga "sovchi qo'yayotgan" ekan. Biz hozir "Paxtakor" darajasiga chiqib bo'ldik. SHu sababdan ham "Nasaf"ni "Paxtakor"ga almashtirish to'g'ri bo'ladi deb o'ylamayman.


Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика