Ro'ziqul Berdiev: “Muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman”
08 noy 2014 00:44
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman”
“Olmaliq”-“Nasaf” uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Bu yilgi mavsumda chempionatni sovrin o'rinlarda yakunlashimizda eng avvalo muxlislarimizning o'rni katta bo'ldi. Ularga alohida rahmat deyman, -deydi Ro'ziqul Sadullaevich. -O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, ob-havo maydonda futbolchilarning erkin harakat qilishlariga to'sqinlik, qilsada yig'ilganlar chiroyli futbol guvohi bo'lishdi. “Olmaliq” har qanday raqibga qarshilik ko'rsatadigan, ochiq futbol namoyish etadigan jamoa. SHuning uchun ham bugun ko'plab gollarga guvoh bo'ldik. Bugungi o'yinda maqsadimiz muxlislarni xursand qilish edi. Menimcha, hech kim stadiondan hafa bo'lib ketmadi. Jamoamiz azolari dekabr oyiga qadar tatilga chiqishadi. So'ngra yangi mavsum avvalida yangi reja va maqsadlarimizni amalga oshirishga kirishamiz.

Fikrlar