So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg" bilan bahsda g'alabaga munosib o'yin ko'rsatmadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg" bilan bahsda g'alabaga munosib o'yin ko'rsatmadik"

Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Beridev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Birinchi bo'limda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, o'yinimiz o'xshamadi. Ustiga-ustak 2 ta gol qo'yib yubordik “Metallurg”dek tajribali o'yinchilarga ega jamoa bunday farqni saqlashni biladi va buni ular amalda isbotlashdi.

- Ikkinchi bo'limda ancha mazmunli o'yin ko'rsatdik. Biroq raqibimiz yaxshi himoyalandi. Raqib darvozabini esa o'z jamoasini bir nechta muqarrar goldan saqlab qoldi. Biz bugun g'alabaga munosib o'yin ko'rsatmadik. Albatta buning sababini o'rganib chiqamiz. Bugun hujum chizig'imiz ham biz kutgan o'yinni ko'rsata olmadi.

- Bugungi o'yinga yigitlarimiz tayyor edi. Biroq 1-bo'limda o'tkazib yuborilgan 2 ta goldan so'ng vazifamiz juda qiyinlashib qolgandi.

- Futbolchilarimiz 1-davrada bo'lib o'tgan o'yin haqida umuman o'ylashgani yo'q. To'g'ri 1-bo'limda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Lekin yigitlar bellashuv so'ngiga qadar harakat qilishdi. Uchrashuvdagi futbolchi almashtirishlarimiz ham o'yinimizni yaxshi tomonga o'zgartirdi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика