So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  5 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Ro'ziqul Berdiev: "Markaziy himoyachining gol urishi oddiy holatga aylanib bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Markaziy himoyachining gol urishi oddiy holatga aylanib bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 13-turida OKMK ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


- OKMK juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bu kabi raqiblar bilan o'yinlarda tartibga etibor berish kerak. Himoyada tartibli o'ynaganimiz va raqibning hujum qilishiga yo'l bermaganimiz g'alabaning asosi bo'ldi deb o'ylayman. Garchi ikki to'p farqi bilan g'alaba qozongan bo'lsak-da, dilni xira qiladigan ishlar ko'p bo'ldi. Masalan, qarshi hujumlarga chiqishda juda qiynaldik. Yaxshi himoyalandik, biroq zaxiradan tushgan futbolchilar qarshi hujumlarni tezlatib berishlari kerak edi. Kuchli raqibni mag'lub qilganimizdan o'zimiz ham mamnunmiz va muxlislarni ham tabriklab qolamiz.

- G'olib G'aybullaev bugun maydonda ko'rinmadi.

- U bizning rejamizda bor edi. Bugun ertalab u biroz betobligini malum qildi va shu sababli uni qaydnomaga kiritmadik. 

- Marko o'yinga tayyor emasmi?

- Albatta, bazi muxlislarni tushunaman, ular yaxshi futbolchilarning o'yinini tomosha qilishni yaxshi ko'rishadi. Agar yaxshi holatda bo'lsa, menga ham jamoamga ham kerak. Uning holati biz kutgandek emas. Mashg'ulotlarda ko'ryapmiz, 5-6 oy davomida futbol o'ynamagan futbolchi 10 kunda tayyor holatga kelishi amri mahol. U etakchimiz hisoblanadi va tayyor bo'lganda maydonga tushiramiz.

- Aliqulov bugun 10-o'yinida 5-golini urdi. Bu haqda nima deysiz?

- Mashg'ulotlarda standartlar ustida ko'p ishlaymiz. Bugun u nafaqat standartda, balki, boshqa jihatlarda ham yaxshi o'ynadi. Bosh bilan o'ynashi Husniddinning eng ustun jihatlaridan biri. O'zi futbolda aytishadi-ku, gollarning 50 foizi standartlardan uriladi. Ko'plab jamoalar bunga etibor qaratishadi. Markaziy himoyachilarning hujumga chiqib gol urishi oddiy holatga aylanib bormoqda.

- Legioner Lima Kruz bilan shartnoma tugamoqda.

- Ha, shartnoma iyulda tugaydi. Rejamizda bor, ayni damda yuqori saviyadagi hujumchi izlayapmiz, biroq bu oson bo'lmaydi. Lekin biz izlashda davom etyapmiz. Balki, shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarga kirisharmiz.

- "Nasaf"ning Ruben Xebay bilan qiziqayotgani borasidagi xabar chiqdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Bizga uning jamoadan ketishi mumkinligi borasidagi xabar chiqqanida u haqida malumot yig'ishga harakat qildik. Biroq u jamoasi bilan faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика