Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv” - hakamlarning yordamiga muhtoj jamoa emas"
17 iyu 2016 01:58
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv” - hakamlarning yordamiga muhtoj jamoa emas"
- Bugungi uchrashuvda hakamning qarorlari ko'p vaziyatlarda raqibimiz foydasiga hal bo'ldi. Bizga esa o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon berilmadi. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, “Lokomotiv” jamoasining g'alabasini tan olaman. “Lokomotiv” kuchli jamoa, buni tan olish kerak. Bunday jamoa hakamlarning yordamiga muhtoj emas.
Uchrashuvda raqibimiz himoyachilarimizning qo'pol xatolaridan unumli foydalanishib, gollar urishga erishdi. Dastlabki bo'limga nisbatan ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'yin namoyish etdik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi bo'limdagi tarkibimizda bo'lgan o'zgarishga to'xtaladigan bo'lsam, SHerzod Azamovni almashtirishga majbur bo'ldik, unda charchoq alomatlari sezildi va tezkor harakat qiladigan Doniyor Narzullaevni maydonga tushirdik.
Ikkinchi golimiz toza gol edi, hech qanaqa
o'yindan tashqari holat ham yo'q edi. Ammo uchrashuv hakami Bobur
Abduholiqovni qo'li bilan o'ynadi deb, golni hisobga olmadi. Bunda ham
hakamning qarori tushunarsiz bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar