So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  14 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  8 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

Ro'ziqul Berdiev: "Klub prezidenti bilan uchrashdim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Klub prezidenti bilan uchrashdim"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida qisqacha to'xtaldi.

- Jamoamiz safida yangi kelib qo'shilgan futbolchilar shug'ullanishmoqda. Murod Toshmatov, Sanjar Rashidov, Azamat Isroilov, Jasur Xolto'raev, Sirojiddin Rahmatullaev, hamda Jahongir Aliev kabi futbolchilar ayni paytda qarorgohimizda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Yangi kelganlardan Sanjar Rashidov va Murod Toshmatov bilan rasman shartnoma imzoladik. Tarkibga yana bir yosh istedodli darvozabonni ham qo'shib oldik. SHuningdek, Tojikiston terma jamoasi azosi Jahongir Aliev bilan ham shartnoma imzolash arafasidamiz. Bu futbolchini anchadan buyon kuzatib kelayotgandik. Qolgan futbolchilar esa hali ko'rikda.

Ro'ziqul Berdiev klubning yangi prezidenti bilan uchrashdi

- Yaqinda klubimizning yangi prezidenti Iskandar Umarov bilan uchrashdim. Uchrashuv chog'ida klub prezidenti jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berilishini takidladi.
Hozircha futbolchilar oldidagi qarzdorlikning katta qismi uzildi. Buyog'iga ham moliyaviy holat yaxshilanishi kutilmoqda. Jamoadan hozirgacha Farruh Sayfiev, Bahrom Abduraximov, Dilshod Rahmatullaev, Akmal SHorahmedov, Sayfullo Rahmatov, SHahboz Erkinov kabi futbolchilar tark etishdi.

Selekciya ishlari davom etmoqda. Tarkibda yana yangi futbolchilar kelishi kutilmoqda. Legionerlar bo'yicha ham selekciya olib borilmoqda. Talabga loyig'ini topa olsak, legioner jalb etamiz.
Hozircha ular borasida aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. Agarda munosib futbolchi bo'lsa va kelishuvga erishsak, unda tarkibda yana legioner paydo bo'lishi mumkin.

Ro'ziqul Berdiev bilan tez orada saytimizda katta intervyu uyushtiramiz.

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика