Ro'ziqul Berdiev: Hujumchilarga etirozim bor
03 may 2014 22:03
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: Hujumchilarga etirozim bor
So'g'diyona - Nasaf uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida dastlab Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Bugungi o'yinda maydonning holati har ikkala jamoaga salbiy tasir ko'rsatdi deya olaman. Hammaga malumki, biz o'tgan turda uyda ochko yo'qotgandik. SHu ochkolarni o'rnini to'ldirish maqsadida shogirdlarimga tegishli ko'rsatmalar bergandim va ular ishonchimni oqlashdi deb ayta olaman. .
- Mutaxassis sifatida “So'g'diyona” hozirgi vaziyatidan chiqib keta oladi deb o'ylaysizmi?
- Albatta, birinchi navbatda yaxshi o'yinchilarni jamlash kerak. Murabbiy o'sha o'yinchilarga ishona olishi kerak va o'sha o'yinchilar ham murabbiy ishonchini oqlay olishi kerak. Davron jamoaga ajoyib kurashuvchan futbolchilarni jamlagan. Ular bugun hamma guvoh bo'ldiki, so'ngi daqiqalargacha kurashishdi. Baribir tajriba o'z so'zini aytdi.”So'g'diyona” azaldan o'z muxlislariga ega bo'lib kelgan. Jamoani omadi kelib, o'z ko'zlagan maqsadlariga erishishiga ishonaman.
- SHohruh Gadoev qachon maydonga qaytadi?
- SHohruh o'tgan yili jarohat olib, oyog'i sinib, operaciya qilingandi. Bizni rejamiz bo'yicha u ikkinchi davradan safimizga qaytadi.
- Hujumchilar haqida…
- Hujumchilarimiz umuman ishonchni oqlashmayapti. Ular bilan alohida gaplashib olamiz.

Fikrlar