Ro'ziqul Berdiev: "Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti"
05 apr 2023 22:39
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti"
O'yin haqida
- Bugun hujumkor futbol namoyish etdik. "Qo'qon-1912" pozicion hujumlarda harakat qildi va darvozamizni ishg'ol qilishga urindi. Biroq biz himoyada yaxshi turdik va raqibga gol urish uchun imkoniyat taqdim etmadik. Yuzaga kelgan vaziyatimizdan gol urib g'alabani qo'lga kiritdik.
Ko'rdinglar, bugun imkon qadar o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular yomon harakat qilishmadi deb o'ylayman.
- Erondan qaytib kelgan Azizbek Amonov jamoaga kirishib keta olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?
- To'g'ri, Amonov hozircha biz kutgan o'yinni namoyish etib bera olmayapti. Bizda Lima Kruz ham safga qaytdi, endilikda ular o'rtasida raqobat kechadi.
Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti. Hujumgacha yaxshi harakat qilayapmiz, biroq so'ngi nuqtani qo'yishda kamchiliklarimiz bor. Bu borada mashg'ulotlarda qattiq ishlayapmiz, ammo shu muammo baribir ko'zga tashlanib turibdi.
Fikrlar