Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi durangda futbolchilarni ayblab bo'lmaydi"
30 iyu 2022 23:48
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi durangda futbolchilarni ayblab bo'lmaydi"
"Og'ir o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Bunday qarshilikni kutgan edik. Yigitlarga ham "Olimpik" qanday raqibligini, to'pni yaxshi nazorat qilishini aytgandim. Bugun himoya va hujumda samaraliroq o'ynashimiz kerak edi. Albatta oxirgi o'yinlarda bitta tarkib bilan o'ynayotganimiz, rotaciya qilishga imkonimiz yo'qligi o'z tasirini o'tkazmoqda", -deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Bugun durang bo'lmasin deb, muxlislar har bir o'yinga havotir bilan kirishmoqda...
- Balki shuning uchun ham durang bo'layotgandir (kuladi). Umuman olganda oson o'yinlar o'tkazayotganimiz yo'q. Farg'onada ochko yo'qotdik. Ushbu uchrashuvdan oldin holatimiz yaxshi emasdi. Futbolchilarni bugungi natijada ayblab bo'lmaydi. Ko'rinib turibdiki, xohish katta.
- Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday? Sizningcha, o'sha vaziyatda gol bo'lganmidi?
- Vaziyatlarni baholashda etibor qilganim yo'q. Agar gol bo'lganida aytishardi.
Fikrlar